Ayollar haqida eng sara sherlar to’plami

DO`STLARGA ULASHING:

Mag’rur bo’l ayol

Mayli toshlar otsin,
Giybating kilsin,
Gunox kilarmi deb,
Poylab xam yursin.

Sen esa tukilma
Tukilma ayol!
Boshing magrur kutar,
Bukilma ayol!

Yasha uzing uchun
Kulib yur xar on!
Dushmanlaring kurib
Kuyib kul bulsin!

Sen shunday yashaki,
Ey yolgiz ayol
Bevafo, yorlaring
Intizor bulsin!

Egilma nomartga,
Sevging bilmasa,
Tukmagin kuz yoshing,
Xech kim sezmasa.

Uzing uchun yasha,
Uldirib yasha,
Bevafo yorlarni
Yondirib yasha.

Ayol

Dunyoning ğamini yutguvchi, ayol,
Olamda muhabbat tutguvchi, ayol
Sadoqatla birga rafiqa bõlib!
Eridan shirin sõz kutguvchi ayol.

Farzandiga mehr berguvchi, ayol,
Ranjitsangiz qahr qilguvchi, ayol.
Kõzlardagi ğamni bilguvchi, ayol,
Borini muhayyo qilguvchi ayol.

Kõzidan chiqarmang hech qachon kõz yosh,
Alamdan yonsa ham bermoqda bardosh.
Gõzallardan gõzal kamon qalamqosh,
Onamiz, singlimiz, opamiz ayol.

Mehridaryo ayol

Kimki boqsa ko’zlaringga ziyosan, ayol,
Go’yo gulsan, sertabassum ibosan, ayol
Qoshlaringga, ko’zlaringga nur bersa ham tun,
Dili poku mo’jizakor samosan, ayol!

Yetti xil rang kamalakdan, gullardan ifor
Olgansanu musaffosan, safosan, ayol
Ohu kabi nafissanu, noziksan, hurkak,
Bolariga bol bergan – turfa gulsan ayol.

Bulbul olgan ovozingdan andoza bilsam,
Gullar aro mayin esgan sabosan, ayol.
Sochlaringni havas qildi majnuntol ko’rib,
Uyaldimi, qochdi lola, jafosan, ayol.

Kimdan olding sadoqatni, kim ulashdi ishq,
Ishqingda kim ado bo’lsa, fidosan ayol,
Qachon ko’rsang Rahimiyni, erka qushman deb,
Har sohada javlon urgan daryosan, ayol.

Farzandim deb o’zini unutgan ayol

Uxlaydi toliqqan butun jonzot bu damda,
Sukunatni buzadi bir xonish sel ohangda,
Alla aytar mehrini taratib ming xil rangda,
Eng yoqimli qo’shiqni qalbida tuygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.

Xastalansa dilbandi boshida giryon halak,
Shu damda bir tutamdir uningchun yeru falak,
Bolasiga Ollohdan shifo so’rar jonsarak,
Dilbandim deb ko’ksini ko’zini o’ygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.

Oy qo’ynidan to’kilar nur ayolning boshiga,
Oq sochlari yosh qo’shgan eh navqiron yoshiga,
Yulduzlar shivirlashib tan berar bardoshiga,
Dilbandini jonidan ortiqroq suygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.

Mingta tashvish o’yi bor yuragini kuydirgan,
Shirin xayollargamas hasratlarga to’ydirgan,
Bag’ri yonib tursada, farzandini kuldirgan,
Issiq tandir uchoqda yuzlari kuygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.

Oy bekinar ko’ziga hayratli doshni qamab,
Mana go’dagi uxlar, toliqdi u allalab,
Endi ro’zg’or ishiga kirishadi amallab,
Oilam, bola-chaqam deb yonib kuygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.

Tong yorisha boshlaydi, shafaq tuslanib alvon,
Ko’zi qizargan horg’in ayol bedordir hamon,
Shu mehribon hilqatsiz tongning tongligi yolg’on,
Bor yo’q iztirobini tolega yo’ygan ayol,
Farzandi deb o’zini o’ylamay qo’ygan ayol.

Osmon ulkan emasdir, ayolning qalbi ulkan,
Mehrli ko’zidagi joziba sehri ulkan,
Dunyoning dunyoligin tutguvchi ona ekan,
Olamni sadoqatga chulg’atib qo’ygan ayol,
Farzandi deb o’zini unutib qo’ygan ayol.

Ba’zi bir erkaklardan marddir ayollar

Jannat oyog‘ining ostida bo‘lsin
Noto‘g‘ri o‘ylamang yomon xayollar.
U shunday bokira, ko‘nglingiz to‘lsin
Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar.

Qarang go‘zalligi faqat siz uchun
Ozorlab dilini bermang savollar.
Yashaydi ro‘zg‘oru o‘g‘il – qiz uchun
Ishyoqmas erkakdan jasur ayollar.

Boshida oq tola dunyoning g‘ami
Bardoshi oltindan tilida bollar.
Sizga bildirmaydi ko‘zida nami
Dardini ichiga yutgan ayollar.

Vafo yuragida sadoqat qalbi
Axdi yuksak erur labzi xalollar.
Sizga ishongani, aldangan, aybi
Nomard erkaklardan marddir ayollar.

Ayolni ranjitmang, ranjimang aslo,
Siz uchun bulmasin ishqi uvollar.
Farishta jonini asraydi ollox,
Ba’zi bir erkaklardan marddir ayollar.

O’zing uchun yashagin ayol

Hayotning har qanday shartiga koʼnding,
Аyt qachon koʼksingga tegibdi shamol
Bola – chaqa deding, roʼzgʼor, ish deding,
Bir kun oʼzing uchun yashagin ayol.

Sen- erning aybini yopguvchi qalqon,
Oila koʼrkiga berarsan sayqal.
Mayliga har kunmas, lekin har zamon,
Bir kun oʼzing uchun yashagin ayol.

Shaffof koʼzgularni qoʼlingga olib,
Oltin qoʼgʼirchoqdek yasangin xushhol.
Yuzingga upa surt, yaxshilab kiyinib,
Bir kun oʼzing uchun yashagin ayol.

Olamni mehrga to’ldirgan ayol

Bir shirin jilmayib, tabassum ila
Gʼamgin dunyolarni kuldirgan ayol,
Qalb qoʼri limmo -lim mehrga toʼla,
Tosh dildan muhabbat undirgan ayol.

Nozik niholdayin tanasi, tinmas,
Bor boʼlgin bolam der,nolasi tinmas,
Аyolning hech sabr ,bardoshi sinmas,
Dardu stamlarni sindirgan ayol.

Oylarni lol etar koʼz, qoshi bilan,
Togʼlarni choʼktirar bardoshi bilan,
Koʼzida marjonday koʼz yoshi bilan,
Qalbida gʼam oʼtin soʼndirgan ayol.

Qalblari bahordir, koʼzlari mahzun,
Oila roʼzgʼoridan ayamas kuchin,
Yeliblar yugurib farzandi uchun,
Yoʼqlarni bor qilib,yoʼndirgan ayol.

Koʼklamlar ayol chun quchogʼin ochdi,
Quyosh ham olamga nurlarin sochdi,
Jannatdur onalar oyogʼin osti,
Olamni mehrga toʼldirgan ayol.

Оставьте комментарий