-
O‘smir qizlarga tavsiyalar
-
Faqat qizlar o‘qisin: Yigitlar uylanishni istamaydigan QIZLAR
-
Erkaklar gapirishni istamaydigan, ammo indamay aziyat chekadigan muammo
-
Qaysi mahsulotda qanday vitamin mavjud?
DO`STLARGA ULASHING:
Kerakli masalliqlar:
1. Baqlajon — 4 dona
2. Tuhum — 4 dona
3. Pomidor — 5 dona
4. Ukrop — 0,5 bog’
5. Sarimsoqpiyoz — 6-7 bo’lakcha
6. Un — 1 osh qoshiq
7. Tuz

Tayyorlanishi:
Tuhum, un va tuz idishga solinib, aralashtiriladi. Baqlajonlar 5-7 sm qalinlikda parrak qilib to’g’raladi va tuhumli aralashmaga botirib olinib, tovada, yog’da ikki tomoni qizargunicha qovuriladi.
Pomidorlar qirg’ichdan yoki go’sht qiymalagichdan chiqariladi. Ukrop va sarimsoqpiyoz mayda to’g’raladi. Ta’bga ko’ra tuz va qizil qalampir kukuni solinib, aralashtiriladi.
Qovurilib, sovutilgan baqlajonlar likopchaga teriladi. Ustiga pomidorli aralashmadan qo’yib chiqiladi va ukrop bilan bezatilinadi.
Yoqimli ishtaxa!