Bayrog’imiz — g’ururimiz ishlanmasi

DO`STLARGA ULASHING:

Mavzu: Bayrog’imiz – g’ururimiz
Darsning maqsadi: O’quvchilar qalbi va ongiga Vatanga bo’lgan mehrmuhabbat tuyg’ularini yanada chuqurroq singdirish, ularni vatanimiz tariviga,
uning boy madaniy merosiga, ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash. Shunday
aziz Vatanda yashashdan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish.Davlat ramzlari
muqaddasligini uqtirish
Darsning turi: Umumlashtirilgan sahna ko’rinishi darsi
O’qituvchi: -Assalomu alaykum, aziz o’quvchilar! Bugungi mavzumiz
“Bayrog’imiz – g’ururimiz”.
Darsimiz shiori:
Mangu faxrim, e’tiqodu
Nurli iymonim mening,
Zar tuprog’ingni avaylash
Muqaddas burchim mening.
O’zbekiston madhiyasi ijro etiladi. Sahnada Humo qushi ramzi sifatida bir
o’quvchi qiz paydo bo’ladi
Humo qushi: Bayramona saboqlaringizni eshitib, sizlarni Vatanga bo’lgan
mehr-muhabbatlaringiz qay darajada ekanligini bilish uchun bu yerga uchib
keldim.
O’quvchilar: — Xush kelibsan Humo qushi, davramizga marhabo!
Humo qushi: -Men humo qushiman, edim afsona,
Bugun afsonamas qarshingizdaman
Siz bilan bo’lurman yelkama-yelka,
Hur bo’lsin , gullasin shu aziz o’lka
O’qituvchi: — Qani aziz o’quvchilar, aytinglar-chi, Vatan o’zi nima?
1-o’quvchi: -Vatan –ota-onamiz
2-o’quvchi: — Vatan –katta bo’lgan beshigimiz
3-o’quvchi: — Vatan – yashab turgan xonadonimiz
4-o’quvchi: — Vatan – ta’lim olayotgan maktabimiz.
5-o’quvchi: — Vatan – qishlog’imiz, so’lim go’shamiz
6-o’quvchi: — Vatan- mustaqil O’zbekistonimiz.
O’qituvchi:- Juda yaxshi aziz bolajonlar! Qani Mustaqillik bayrog’ini bir
ta’riflab beringchi
Sahnada bayroq ranglariga mos ravishda kiyingan o’quvchilar chiqib
bayroqni ta’riflaydilar.
1 – o’quvchi: Ma’lumki, turkiy xalqlar makon tutgan hududlarga islom kirib
kelishi bilan be yerda yashovchi xalqlarning bayroqlari ham ma’lum
o’zgarishlarga yuz tutgan. Yangi chiqqan oy va yulduzlar islom dini ramzidir.
Yashil rang ham Islomning ramzlaridan biri hisoblanadi.
2 – o’quvchi: Shu ramzlarning u yoki bunisi islom dinini qabul qilgan
o’lkalar yoki mamlakatlar bayrog’ida hozirgi kunda ham mavjuddir. Agar dunyo
mamlakatlari bayroqlarini ko’zdan kechirsak, garchi bayroqlar qaysi davlatga
tegishli ekanligi yozib qo’yilmagan bo’lsa ham, qaysi davlatda islomga e’tiqod
qo’ygan xalqlar yashayotganini o’sha ramzlardan bilib olamiz.
3 – o’quvchi: Bayroqning moviy ko’k rangi, osmon va tiniq suv, ya’ni
ko’kdagi hayot manbalari ramzidir.
4 – o’quvchi: Oq rang tinchlik va poklikni bildiradi.
5 –o’quvchi: Yashil rang yashnab turgan hayot va hosildorlikni ifodalaydi.
6 – o’quvchi: Qizil chiziqlar har bir tirik jonzot tanasida mavjlanib turgan
tiriklik manbai – qon ramzi hamda yeru osmonni bir – biriga bog’lab turuvchi
tiriklik rishtasidir.
7 – o’quvchi: Yangi oy ko’p yillik an’analarimizga mos bo’lishi bilan birga,
yangi paydo bo’lgan mustaqillik nishonasi hamdir.
8 – o’quvchi: Yulduzlar hamma xalqlarda tiniq osmon belgisi, ya’ni saodat
ramzidir.Ularning 12 ta ekanligi osmondagi 12 ta yulduzlar burji bilan bog’liq.
Hamma:- Ulug’lar ruhini shod qilmoq uchun
Aytar bo’lsang so’zni Vatandin aytgin
O’quvchi: — Yetmish yilki shunday qo’rqinch tush ko’rdim,
Zaminda qanotsiz tutqin qush ko’rdim.
Yo’qlikka Qodiriy, Cho’lponlar ketdi,
Abdurauf Fitrat, Elbek, Usmonlarim
Har qaysisi nuri jahonlar ketdi.
Shundan so’ng o’quvchilardan biri “Vatan yagonadir-Vatan bittadir” qo’shig’ini
ijro etadi.
O’qituvchi: Rahmat aziz bolajonlarim? Bugun Vatanimizda mustaqillik
hukm surmoqda. Mustaqilligimizni asrab-avaylash hammamizning burchimizdir.
Prezidentimiz tashabbusi bilan mustaqillikka erishganimizdan buyon har bir yil
nomlanmoqda. Yilnoma varaqlanganda siz buni yanada chuqurroq bilib olasiz.
(Yilnoma varaqlanadi)
O’quvchi:- 1991 yil 1 sentabr O’zbekiston mustaqillikka erishdi hamda
Alisher Navoiy yili deb e’lon qilindi. O’zbekiston Prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi
va Islom Karimov Prezident etib saylandi.
O’quvchi: — 1992 yil Ahmad Yassaviy yili deb e’lon qilindi va shu yili
O’zbekiston Respublikasi o’z gerbi va madhiyasiga ega bo’ldi. BMT ga a’zo
bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
O’quvchi: — Men baxtli o’zbekman, ozod insonman,
Tenglar ichra tengman, taxtim-baxtim yor.
Men ko’hna jahonman, yangi zamonman,
Xalqim taqdirida o’z qonunim bor.
O’quvchi: -1993 yil Mirzo Bobur yili deb e’lon qilindi. Shu yili
O’zbekistonning birinchi ordeni “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.
O’quvchi: — 1994 yil Mirzo Ulug’bek yili deb e’lon qilindi. Xuddi shu yil
iyulda O’zbekistonimizning milliy valyutasi –so’m muomalaga kiritildi
O’qituvchi: — Shu tariqa mustaqillik yillarining har bir o’ziga xos nomlar
bilan atalib, qator jabhalardagi taraqqiyotga ezgu ishlarga bosh bo’ladi. Qani
bolajonlarim, ana shunday go’zal vatanimiz boyliklari haqidagi bilimlaringizni
ham bir sinovdan o’tkazsak.
O’quvchi: — O’z xalqi;
— ming yillik tarixi
— o’lmas madaniyati va ma’rifati
— yer usti va yer osti boyliklari…..
Shundan so’ng videotasmalarda dalalarda yetishtirilayotgan ona-zamin
ne’matlari bir-bir ko’rsatiladi.
O’qituvchi:- Vatanimizning eng katta boyligi bu sizsiz, aziz bolajohlar!
Ming afsuski, Mustaqilligimizni , tinch diyorimizni ko’rolmaydigan ayrim
g’animlar uchrab turgani nihoyatda achinarlidir. Bolajonlar siz doimi
Vatanimizga sodiq bo’lgan holda ogoh bo’lib yashashingiz kerak.
Shundan so’ng “Yurt ishqida yonaman” qo’shig’i magnitofon lentasidan
taraladi.
Humo qushi: — Ming tasanno aziz o’quvchilar! Men bu yerga kelib
sizlarning ona-Vatanimizni qanchalik sevishlaringizni ko’rib, nihoyatda xursand
bo’ldim.
Mavzuni mustahkamlash uchun davlatimiz ramzlari va muhim sanalarga
daxldor test savollari berib bolalarning bilimlari sinaladi
Bayrog’imda moviy rang
Samodan berar darak.
Oq rangiga doimo
Yaxshilikdir mushtarak.
Yashil rangi hayotdir
Ham yashnagan tabiat.
Qip – qizil chizig’ida
Yashnagay yaxshi niyat.
Osmonda to’la yulduzlar
Bayrog’imizda belgi.
Oy- istiqlol nishoni
Mustaqillikka belgi.
Boshim uzra hilpiraydi bayrog`im
Senga boqsam chaqnar ko`zim qarog`im.
Moviy,yashil,oppoq erur ranglari
Qizil chiziq tomirdagi qonlari.
Osmonimiz bo`lsin moviy musaffo
Poyi uzra yashil vodiylar paydo.
Oppoq qorlar ranglarini yashnatib,
Oy yulduzlar shu`lasini porlatib
Halpirayver ona yurtim bayrog`i
Sen erursan yuraklarining ardog`i

Оставьте комментарий