Bepushtlik va uning davolari (qisqacha).

DO`STLARGA ULASHING:

Bepushtlik bu tugʻmaslik, homilador qila olmaslik shuningdak voyaga yetgan organizmning nasl (avlod) qoldirishga ojizligi deb ataladi. Odamda — bir maromda (normal) jinsiy hayot kechirib, boʻyida boʻlishdan saqlanish vositalari (kontratsepiiya)dan foydalanmay, kamida 1 yil birga bo’lib farzand koʻrmaslik «bepushtlik» hisoblanadi.

Bepushtlik erkaklarda ham, ayollarda ham uchraydi.
Erkaklardagi bepushtlik — homilador qilaolmaslikka jinsiy aʼzolarning tugʻma nuqsoni (masalan. Kriptorxizm), yalliglanish kasalliklari yoki ularning shikastlanishi (masalan. Orxit, Epididimit), jinsiy maylning sustligi, shuningdek endokrin sistema faoliyatining oʻzgarishi, urugʻ suyuqligi (sperma)da spermatozoidlar (jinsiy hujayralar) boʻlmasligi yoki ularning urugʻlantira olish xususiyatining yoʻqligi sabab boʻladi.
Ayollardagi bepushtlik — tugʻmaslikka bachadon, tuxum yoʻllari, tuxumdon va naylarning yalligʻlanishi, soʻzak, jinsiy aʼzolar sili; ichki sekresiya bezlari (tuxumdon, kalqonsimon bez, buyrak usti bezi va boshqalar) faoliyatining buzilishi, balogʻatga yetish davrida infeksion kasalliklar bilan ogʻrish natijasida markaziy nerv sistemasida roʻy bergan jiddiy oʻzgarishlar, jinsiy aʼzolarning yetilmay qolishi — infantilizm sabab boʻlishi mumkin. Yalligʻlanish tufayli bachadon naylarining bitib qolishi, teshigining juda torayib ketishi sababli ayol tuxum hujayrasi erkak jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan uchrasha va uruglana olmaydi yoki uruglangan tuxum hujayraning bachadonga utishi qiyinlashadi. Bepushtlikda er va xotin tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Bepushtlikni iloji boricha barvaqt aniqlab, sabablari bartaraf qilinsa yaxshi natijaga erishish mumkin.
Bepushtlikni vrach davolaydi. Yalligʻlanish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan bepushtlikda fizioterapiya va kurortlarda davolanish ham kerak bo’lishi mumkin. Endokrin sistemasidagi oʻzgarishlar tufayli bepushtlik roʻy berganda fizioterapiya, kurortlarda davolanish bilan birga gormonal dori-darmonlar ham buyuriladi. Bepushtlikning oldini olishda jinsiy aʼzolarning yallig’lanish kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlab davolash, abortga yoʻl quymaslik, shaxsiy va jinsiy ozodalik tartiblariga qa’tiy amal qilish lozim.

16 комментариев к “Bepushtlik va uning davolari (qisqacha).”

  1. Уведомление: cbd dråber 10%

  2. Уведомление: wow slot

  3. Уведомление: free-local-hookups.com/fort-worth-personals/

  4. Уведомление: buy cvv dumps verified seller

  5. Уведомление: second brain template

  6. Уведомление: mushroom bars for sale

  7. Уведомление: sbo

  8. Уведомление: DevOps Expert Consulting

  9. Уведомление: เอสบีโอ

  10. Уведомление: 7-up candy bars

  11. Уведомление: website here

  12. Уведомление: web link

  13. Уведомление: ฝาก20รับ100

  14. Уведомление: bbw sucks on hidden cam

  15. Уведомление: Magic mushroom capsule

  16. Уведомление: Clubbet168

Комментарии закрыты.