Bolada Sistit (Davolash Yo‘li)

DO`STLARGA ULASHING:

Bolada Sistit (Davolash Yo‘li)

Sistit siydik pufagi, siydik yo‘llarining infektsiyalanishi. Bolalarda sistitning boshi bilinmay o‘tkir holatga o‘tib ketishi mumkin. Sistitning dastlabki alomatlaridan
biri bu bolaning tursigida fasod (suyuqlik) beixtiyoriy paydo bo’lib qolishidadir. Undan tashqari sistitning quyidagi alomatlari mavjud: Tez-tez siydik qistashi; Siyish jarayonida qattiq achishi; Siydikning rangi sof bo‘lmay, o‘tkir hidga egaligi; Qorin pastki qismidagi og‘riqlar; Siydikning ozgina miqdori tomchilab qolishi. Agar bolada sistit alomatlari kuzatilsa shifoxonaga borish shart. Chunki sistit alomatlari orqasida o‘tkir kasalliklar bo‘lishi ham mumkin. Shifoxonada odatda siydik analizi olinadi va siydik
pufagi Ultra tovushli diagnostikasi qilinadi. Siydik analizini qilishdan oldin
albatta bolani jinsiy a‘zolarini yuvish shart. Agar sistit alomatlari bilan bir
qatorda istma ko‘tarilishi kuzatilsa, bakteriya buyrakka o‘tib ketganidan va buni darhol
davolash kerakligidan dalolat beradi. Bolalar sistiti sababi: — 80% da bollarda sistit tozalikka riyoya qilmaganlikdan kelib chiqadi;
— Gijjalar;
— Organizmda doimiy ravishda infeksiyaning mavjudligi (tonzillit, angina, gaymorit, karies va hokazo);
— Tashqi jinsiy a‘zolarning yallig‘lanishi. Bolalar sistitini davolsh: Birinchi bo‘lib bolaning oyoqlarini va qornini issiq qilish lozim. Buning uchun issiq yungli paypoq kiyg‘azib, qoringa dazmolda isitilgan yungli ro‘molni
qo‘yib yotqazish. Shifokor belgilagan dorilarni ichish. Siydik yuvuvchi suyuqlikdan tez- tez ichish (o‘t damlamalari ham foydali). Odatda bolada sistit 7-10 kunda o‘tib ketadi. Muhimi o‘griq tugasa ham shifokor belgilagan muddatgacha dori ichish shart, aks holda kasallik yana qaytariladi. Eng yomoni, sistit buyrakka o‘tib ketsa, u holda pielonefrit kasalligi yuzaga kelib, bolaning buyraklariga katta zarar keltiradi. Bolalar sistitini oldini olish: Har kuni bolani dushda chayish. Jinsiy a‘zolarini maxsus neytral bolalar sovunida yuvish;
Har kuni bola ichki kiyimini almashtirish; Bolada gijja bo‘lmasligini ta‘minlash; Bolani tishlarini kuzatish (karies ham infeksiya); Bolani chiniqtirish.

17 комментариев к “Bolada Sistit (Davolash Yo‘li)”

  1. Уведомление: pop over to this web-site

  2. Уведомление: magic chocolate mushrooms

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: cvv2 shop legit

  6. Уведомление: can you buy magic mushrooms online in canada

  7. Уведомление: voir ce site

  8. Уведомление: Achieving financial freedom

  9. Уведомление: site usa

  10. Уведомление: published here

  11. Уведомление: ufabet24h

  12. Уведомление: serviços informática

  13. Уведомление: same day weed delivery scarborough

  14. Уведомление: Google Docs

  15. Уведомление: agen togel terbaik

  16. Уведомление: jarisakti

  17. Уведомление: บับเบิ้ล

Комментарии закрыты.