Beshta fandan test bo‘lishi qayerda tasdiqlangan?

DO`STLARGA ULASHING:

Ko‘pchilik abituriyentlar «joriy yilda beshta fandan test bo‘lishining asosi bormi, qayerda tasdiqlangan?» deb savol berishmoqda.
Xushnudbek Xudoyberdiyev Bunga javoban huquqiy asoslarini keltirib o‘tdi.
Birinchidan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 14 maydagi PQ-4319-sonli qarorida 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini ikki bo‘limga ajratib, 1-bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, 2-bo‘limga abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanni kiritish belgilangan edi. Ya’ni aslida o‘tgan yili 5 ta fandan test olinishi kerak edi.
Ammo pandemiya munosabati bilan abituriyentlarga yengilliklar berildi va ushbu Prezident qaroriga o‘zgarish kiritildi. Aniqrog‘i 12.06.2020 yildagi Prezidentning yana boshqa qarori bilan kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, 5ta fandan test olinishi joriy yildan, ya’ni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanishi belgilandi.
❗️Bu degani hozir ham o‘z kuchida turgan Prezident qaroriga ko‘ra, joriy yilda 5 ta fandan test olinishi kerak.
Ikkinchidan, Davlat qabul komissiyasining 2021 yil 7 martdagi 10-son bayoniga asosan, test topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangandi. O‘sha majmuada 5 ta fandan test topshirilishi ko‘rsatilgan (rasmga qarang).
Joriy yilda 5 ta fandan test bo‘lishiga oid mana shu 2 ta katta huquqiy asos mavjud.

Оставьте комментарий