Bizni qaysi yoshda qanday muammolar bezovta qiladi ?

DO`STLARGA ULASHING:

0-6 Yosh

Jajji odamchaning umurtqasi, skeleti va umuman, butun tayanch-harakat apparati, mushak paylari ham kattalar e’tiboriga muhtoj. Bu davrda uqalash kurslari, yoshga doir jismoniy mashqlar tavsiya etiladi. Bordiyu bu jarayonda lat yeyish, pay cho‘zilishi kabi muammolar uchrab qolsa, aslo o‘zboshimchalik bilan uy sharoitida davolashga urinmang. Bolani travmatolog qabuliga olib boring. Ovqatlanish ratsioni tarkibi: sut mahsulotlari, meva-sabzavotlar, A, B, C, E vitaminlari.

7-13 yosh

Ota-onalar bu yoshdagi bolalarning tanosil a’zolari, tayanch-harakat apparati va tishlariga, nutqi va ongi rivojlanishiga, yuragining ishlash maromi, endokrin va nafas olish tizimiga… (bu ro‘yxatni hali ancha davom ettirish mumkin) e’tiborli bo‘lishlari kerak. 7-13 yosh — bolaning shaxs sifatida shakllanishida asos bo‘ladigan, organizm o‘sishining eng faol davri. Bola ratsionidan yarim tayyor mahsulotlarni umuman olib tashlash kerak. «Fastfud»lar haqida-ku gap ham bo‘lishi mumkin emas!

14-20 yosh

Diqqatingizni oshqozon osti bezi, o‘t pufagi va jigarga qarating. Xuddi shu davrda sog‘lom hayot tarzi va ovqatlanish qoidalarini o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirishga ulgurish kerak. Chunki aynan shuning o‘zi har qanday parhezdan yaxshiroq samara beradi. Demak, yog‘li, qovurilgan mahsulotlar, shirinliklar, achchiq va dudlangan oziq-ovqatlar iste’molini cheklash kerak. Aks holda faqat yuqorida ko‘rsatilgan a’zolar emas, teri ham zararlanadi. Axir eng gullagan yoshlik chog‘ini husnbuzarlar buzishini kim ham istardi, to‘g‘rimi?

21-27 yosh

Buyraklar va tanosil tizimiga befarq bo‘lmang. Ko‘nglingiz xotirjamligi luchun tekshiruvdan o‘tsangiz ham chakki bo‘lmasdi. Bir sutkada kamida 1,5-2 litr suyuqlik ichish tartibiga amal qiling. Tuz iste’molini ham cheklang (tuzning bir sutkalik me’yori 5 gr.). Hadeb bir xil ovqat tanovvul qilavermasdan taomnomangizni rang-baranglashtiring va o‘z vaqtida ovqatlanish qoidasiga amal qiling.

28-34 yosh

Bu ikkinchi o‘tish davri bo‘lib, tavsiyalar 7-13 yoshdagilarnikiga o‘xshash. Faqat qo‘shimcha sifatida profilaktika uchun barcha mutaxassis shifokorlar ko‘rigidan o‘tishni kiritish mumkin. Mavjud kasalliklarni davolashga shu yoshdanoq kirishmasangiz, keyin ularning asoratlari bilan kurashish qiyin bo‘ladi. Chekuvchilar bu zararli odatni aynan shu davrda tashlagani ma’qul. Dilbar ayollarimiz uchun esa farzand ko‘rishning eng qulay davri.

35-41 yosh

Ovqat hazm qilish tizimi va jinsiy muammolarga e’tibor qaratishning ayni vaqti. Endi tor sohaga yo‘naltirilgan shifokorlar (ginekolog, urolog, androlog) ko‘rigidan o‘tishni muntazamlashtirish shart.

Faol hayot tarzini olib boring. Istasangiz, velosport bilan shug‘ullaning. Hayotingizni sayohatlar bilan boyiting. Ratsionga kelsak, faqat tabiiy toza mahsulotlarni qabul qila boshlaganingiz ma’qul.

42-48 yosh

Bu — hayotingizning haqiqiy yetuklik davri. Undan lazzatlana olish uchun sog‘lig‘ingiz joyida bo‘lishi kerak. Sanatoriy va kurortlarga borish uchun albatta vaqt ajrating! Balki bu siz uchun yangilik bo‘lar, ammo bu sihatgohlar siz doimiy yashaydigan hududda yoki aynan shu hudud iqlimiga yaqin joyda bo‘lgani ma’qul. Qahva va qora choyni kakao hamda ko‘k choyga almashtiring. Yog‘li ovqatlardan tamoman voz keching. Sizga xolesterin kerak emas-ku!

49-55 yosh

Bu davrga xos birinchi muammo — arterial qon bosimi. Qiyin bo‘lsa-da, voqea-hodisalarga nisbatan hissiy ta’sirlanishdan o‘zingizni avaylashingizga to‘g‘ri keladi. Kuch va asablaringizni asrashingiz kerak. Nafasni mashq qildiruvchi, organizmning quvvat zahiralarini to‘ldiruvchi har qanday mashq siz uchun juda foydali. Aytgancha, bunda yoga ayni muddao. Tabiat qo‘ynida ko‘proq bo‘lishga intiling. Ratsioningizda baliq va dengiz mahsulotlari bo‘lishi shart.

56-62 yosh

Harakatsizlik organizmingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun hech bo‘lmaganda oddiy gimnastika bilan shug‘ullansangiz ham a’zoyi-badaningiz sizdan minnatdor bo‘ladi. Ko‘proq qatiq iching. U ichaklardagi foydali bakteriyalar zaxirasini to‘ldiradi. Oshqozon va ichaklarning to‘lqinsimon kerilish harakatlarini kuchaytiruvchi meva va sabzavotlar, jumladan, karamning har xil turlari, lavlagi, yong‘oq, olma, bargak, olxo‘ri kundalik taomnomangizdan o‘rin olsin.

63-69 yosh

Bu davrga kelib, ahamiyat qaratishingiz shart bo‘lgan asosiy masala immun tizimi hisoblanadi. Buning retsepti juda oddiy: tez-tez toza havoda sayr qiling, qalbingizni qiziq taassurotlar va ijobiy his-tuyg‘ular bilan to‘ldiring. Ko‘proq vaqtingizni farzandlaringiz va nabiralaringiz davrasida o‘tkazing. Ular bilan ko‘ngilli muloqotlar kayfiyatingizni chog‘ qiladi.

70-76 yosh

Mushak paylari, bo‘g‘im va suyaklarga e’tibor qarating. Doimiy ravishda jarroh va ortoped qabuliga borib turing. Shu yillar davomida dengiz tuzlari solingan suvda vanna qabul qilish foydali, ammo bundan oldin o‘z terapevtingiz bilan maslahatlashib ko‘ring. Chunki bunday vannalardagi tuzning dozasi va jarayonning doimiyligini individual tarzda belgilash kerak. Shirinlik va yog‘li taomlardan tiyiling, spirtli ichimliklar haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.

77-84 yosh

Eng asosiysi, shikastlanishlardan va shunga olib keluvchi vaziyatlardan ehtiyot bo‘ling. Ko‘chada, jamoat joylarida, ayniqsa, aholi tirband paytda ehtiyotkorlikni unutmang. O‘zingizni axborot xurujlaridan ham himoya qiling. Jinoyat, xavf-xatarlar haqida ko‘rsatuvlar berilganda iloji bo‘lsa, ko‘rmaslikka harakat qiling. E’tiboringizni faqat yaxshi narsalarga qarating. Ratsioningiz sut mahsulotlari, sabzavotlardan iborat bo‘lsin. Og‘ir hazn bo‘ladigan taomlar iste’molini chegaralang.

8 комментариев к “Bizni qaysi yoshda qanday muammolar bezovta qiladi ?”

  1. Уведомление: สล็อตวอเลท

  2. Уведомление: burnley escorts

  3. Уведомление: enefits of illuminati in sweden today

  4. Уведомление: maxbet

  5. Уведомление: buy best dumps

  6. Уведомление: Scrum Velocity

  7. Уведомление: Alexa Nikolas Zoey 101

  8. Уведомление: useful link

Комментарии закрыты.