Yandex Go yoki Uklon — qaysi birida taksi qilish yaxshiroq?

DO`STLARGA ULASHING:

Yandex Go yoki Uklon — qaysi birida taksi qilish yaxshiroq?

😊Yandex Go va Uklon ilovalari O‘zbekistonda faol ishlayotgan mashhur taksi agregatorlaridan hisoblanadi. Quyida ularni qulaylik, narx, ishlash vaqti, bonuslar va umumiy foydalanuvchi tajribasi bo‘yicha solishtirib ko’ramiz!

1️⃣ Narxlar

🚗 Yandex Go:
➖Buyurtmalar ko‘p.
➖Komissiya: 2,6% (+soliq 12%) dan boshlanadi (mashina rusumiga qarab)
➖Bonus va garantiyalar mavjud (ko‘p ishlasangiz, qo‘shimcha to‘lanadi).

🚗 Uklon:
➖Buyurtmalar kamroq, lekin narxlari barqaror.
➖Komissiya: 19%
➖Haydovchi o‘zi narxni tanlashi mumkin — bu katta plus.

2️⃣ Ish vaqti va moslashuvchanlik

🚗 Yandex Go:
Buyurtmalar 24/7.
Jadval yo‘q, xohlagan vaqtda ishlash mumkin.

🚗 Uklon:
Buyurtmalar 24/7.
Buyurtmalar kamroq va ko‘proq shaharning markazida.

3️⃣Talablar va tizim

🚗 Yandex Go:
➖Ro‘yxatdan o‘tish oson.
➖Avtomatik baholash: mijozlar yomon baho bersa, tez bloklanishingiz mumkin.

🚗 Uklon:
➖Baholash tizimi oddiy.
➖Haydovchi ko‘proq mustaqil: buyurtmani qabul qilish yoki rad etishda erkin.

4️⃣ Ilova va interfeys

🚗 Yandex Go:
➖Ilova mukammal, buyurtmalar tez chiqadi.
➖Ba’zida algoritmlar haydovchidan foyda ko‘radi.

🚗 Uklon:
➖Ilova oddiy, tushunarli.
➖Narxni haydovchi qo‘yishi — katta ustunlik.

🤑Bonuslar

🚗 Yandex Go:
➖Har doim ham bo’lavermaydi. O’rtacha 250-300 000 so’m atrofida

🚗 Uklon:
➖Bonuslar ko’p, ayniqsa yangi taksistlar uchun.
➖Qancha ko’p buyurtma olsangiz, shuncha ko’p bonus olasiz. Bundan tashqari, «pik» vaqtlarda ham qo’chimcha bonus beriladi.

📌 Xulosa
➖Ko‘p ishlayman, kam komissiya, ko‘proq buyurtma bo‘lsa bo‘ldi — Yandex Go.
➖Erkinlik, o‘zim narx qo‘ymoqchiman, bonuslar — Uklon.

Siz qaysi birini tanlaysiz? Izohlarda yosib qoldiring!✍️

Оставьте комментарий