Oyoq terlashi va hidlanishining sabablari hamda davolash usullari

DO`STLARGA ULASHING:

Oyoq terlashi va hidlanishi haqida umumiy ma’lumot

Organizmning umuman ter ajratish xususiyati ikki muhim vazifani bajaradi: organizmdan ter orqali zaharli (toksin) moddalarni chiqarish va tana haroratini me’yorlashtirish. Oyoqlar terisida ham ter ajratuvchi bezlar bo‘lib, ular uzoq muddat yopiq oyoq kiyim kiyganda va paypoqlar toza bo‘lmaganda funksiyasi kuchayib ketadi. Bunday holat esa bakteriyalarning ko‘payishi uchun qulay sharoit hisoblanadi.

Sog‘lom odam terisida maxsus hidlar beruvchi fermentlar ajralib chiqmaydi. Qandaydir bir patologik holatlarda ushbu fermentlar ter bilan ajralib chiqa boshlaydi va ular kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar ko‘payishi uchun sharoit bo‘lib xizmat qiladi. Bakteriyalarning hayot faoliyati davomida ajratgan toksinlari tashqi muhitga ajraladi: poyabzal, paypoqlarda yoqimsiz hid tarqatadi. Ayniqsa, poyabzal sifatsiz materialdan tayyorlangan va shamollash (ventilyatsiya) tizimi yo‘q bo‘lsa, terlash va hidlanish darajasi yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, ter ajralishi ortishi jismoniy mashq bajarganda, stress vaqtida, issiq sharoitda, uyquda qalin yopinchiqlardan foydalanganda ham kuzatiladi. Xo‘sh, qaysi holatda oyoq terlashiga qarshi jiddiy chora ko‘rish kerak?

Agar oyoqlar toza paypoqlar va sifatli materialdan tayyorlangan poyabzalda bo‘lsa, gigiyena qoidalariga rioya qilinganda ham ter ajralishi ko‘p bo‘lsa, demak bu patologik holatdan dalolat beradi.

Oyoq terlashi va hidlanishi sabablari

Gipergidroz (ter ko‘p ajralishi) ko‘pincha ikkilamchi, ya’ni kasallik natijasida kelib chiqadi. Bu holatga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

  • Endokrin tizimi tomonidan disfunksiyalar. Organizmda moddalar almashinuviga ta’sir qilib, tezlashib ketishi natijasida qon tomirlar kengayadi, qon oqishi ko‘payadi va oyoq terisi ko‘p ter ajrata boshlaydi. Masalan, qalqonsimon bezva gipofiz bezi kasalliklarida.
  • Qonda qand (glukoza) miqdorining oshishi pastki sohada qon aylanishini buzib, ko‘p ter ajaralishiga olib keladi va oyoqlar doimo terlab turadi.
  • Infeksion kasalliklar viruslar, bakteriyalar sababli ter ko‘p ajralishi mumkin. Masalan, sil, OIV infeksiyasibilan zararlanganda.
  • Oyoqlarning juda ko‘p terlashi onkologik kasallik belgisi ham bo‘lishi mumkin.
  • Oyoqning zamburug‘li kasalliklari, mikoz.
  • Ko‘p ter ajralishi, ayniqsa, sovuq ter ajralishi yurak-qon tomir sistemasi tomonidan patologiyalarda kuzatiladi.
  • Nevrologik kasalliklar, masalan, insultda organizmda umumiy ter ajralishi ortadi, oyoqlarda ham.
  • Uzoq muddat stressda bo‘lish, qonda adrenalin gormoni oshishi hisobiga ter ajralishi ko‘payadi.
  • Ovqat hazm qilish tomonidan kamchiliklar bo‘lsa ham oyoqlarda ter ajralishi ko‘payadi.

Ayollarda oyoqlarning terlashi ularning fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqadi ya’ni hayz ko‘rish paytida gormonlar nisbati o‘zgaradi, moddalar almashinuvi buziladi, nostabil kayfiyat, uyquning buzilishi va ichki organlar funksiyasida o‘zgarishlar bo‘ladi. Nasliy omil ham oyoqlar terlashida rol o‘ynaydi. Bundan tashqari ayrim dori preparatlari, antibiotiklar va antidepressantlarni uzoq muddat qabul qilish ham oyoqlarda ter ajralishini kuchaytirib yuboradi.

Ter ajratuvchi bezlarning funksiyasini ayrim iste’mol mahsulotlari ham buzishi mumkin: achchiq, sho‘r, dudlangan mahsulotlar, shirinliklar, sarimsoq kabilar. Vitaminlar yetishmasligi organizmda umumiy ish faoliyatini buzilishiga olib keladi.

Oyoq terlashi sababini aniqlash

Oyoqlarning ko‘p terlashini davolash uchun uning keltirib chiqargan sababini yo‘qotish kerak. Bunda dermatolog shifokor davo chorasini buyuradi yoki boshqa mutaxassisga yuborishi mumkin. Asl sababni aniqlash uchun quyidagilar o‘tkaziladi:

  • Biomaterial laborator tekshiruvi. Flyurografiya, umumiy qon, siydik tahlili, qondagi qand miqdorini aniqlash. Qo‘shimcha sifatida EKG, bosh miyaning kompyuter tomografiyasi qilinadi.
  • Kasallikning kechish darajasini aniqlash uchun Minor sinamasi o‘tkaziladi. Oyoqning kaft yuzasiga yod surtiladi. U qurigandan keyin kraxmal surtiladi. Kraxmal ter bilan ta’sirlanib binafsha rangga kiradi. Rang o‘zgarishiga qarab kaft yuzasi hajmi aniqlanadi.
  • Xromotografiya – ter tarkibini tekshirish.

Oyoq terlashini yo‘qotish usullari

Oyoq terlashini yo‘qotish uchun maxsus preparatlardan va xalq tabobatidan foydalaniladi:

Oyoq terlashini uy sharoitida davolash

  • Oyoqlarning ko‘p terlashida soda eritmasi bilan kompress qilish tavsiya etiladi. Buning uchun 40 gr ichimlik sodasi olib, 200 ml iliq suvda eritiladi. Eritmani dokaga shimdirib oyoqqa bog‘lanadi. Muolajani 2 hafta davomida olib borish kerak.
  • Pivo bilan vanna qilish. Pivo bilan suvni aralashtirib unda oyoqlarni 15 daqiqa davomida ushlab turiladi, so‘ngra quruq sochiq bilan artib tashlanadi.
  • 9 % li olma sirkasi eritmasi. Sirka eritmasiga shimdirilgan bog‘lamni oyoq sohasiga, barmoqlar orasiga qo‘yish kerak. Muolajani kunning ertalabki qismida o‘tkazgan yaxshiroq, ter ajralishini kamaytirish va yoqimsiz hiddan qutulishga yordam beradi.
  • Romashka va dub ildizi (dorixonalarda topish mumkin) dan tayyorlangan eritma yallig‘lanish, qo‘zg‘alishni yo‘qotib, ter bezlarining funksiyasini yaxshilaydi. Ushbu o‘simliklarning quritilgan va maydalangan kukunlarini suvga solib 15 daqiqa davomida qaynatish kerak, so‘ng uni 3 soat davomida tindirish lozim. Eritmani suv bilan aralashtirib oyoqlarni vanna qilish tavsiya etiladi. Muolajaning samaraligini oshirish uchun uni uxlashdan avval o‘tkazish zarur.
  • Dengiz tuzi (morskoy sol) bilan vanna qilish. Dengiz tuzini iliq suvda eritib, unda oyoqlarni uxlashdan avval 15 daqiqa davomida vanna qilish ter bezlarining poralarini tozalashga yordam beradi va yoqimsiz hiddan xalos qiladi.

Oyoq terlashiga qarshi krem va mazlar

Dorixonalarda kosmetik preparatlarni dezodarant va sprey ko‘rinishida yoki maz va kremlar ko‘rinishida topish mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:

  • “Teymurov pastasi” adsorbent hisoblanadi, mikroblarga qarshi ta’sir qiladi. Ter ajralishi va yoqimsiz hiddan qutulishga yordam beradi.
  • “Nosweyet” sprey ko‘rinishida ter bezlarini bloklab ter ajralishini kamaytiradi, yoqimsiz hidlardan qutulishga imkon beradi.
  • Malavit gel yoki eritma ko‘rinishida bo‘lib, o‘zida ko‘plab foydali o‘simliklar komponentini saqlaydi. Oyoq terisiga kuniga 2 marta qo‘llash tavsiya etiladi, foydalanganda so‘ng yuvib tashlamasa ham bo‘ladi.
  • Formagel antiseptik xususiyatga ega, ter ajralishini kamaytiradi va hiddan xalos etadi. Preparatni oyoq kaftiga surtib 30-40 daqiqa kutiladi, so‘ng yuvib tashlanadi.
  • “5 kun” kremi yallig‘lanish, qichishish, teridagi yoriqlarni yo‘qotadi va zamburug‘lar ko‘payishini oldini oladi.
  • “Mikoseptin” zamburug‘larga qarshi ta’sir ko‘rsatib, yoqimsiz hidni yo‘qotadi.
  • “Chereda” dorivor giyohni suvga solib oyoqlarni vanna qilish, antiseptik ta’sir etadi. Har xil mikroorganizmlar ko‘payishini to‘xtatib qoladi.

Yuqoridagi preparatlarni keragidan ortiq qo‘llash mumkin emas. Chunki ular ter bezlari yo‘lini berkitib, tiqilmalar hosil bo‘lishiga olib keladi.

Agar oyoqlar juda ko‘p terlashda davom etaversa, ionoforez yordamida davolash mumkin. Muolaja har kuni ter ajralishi kamaygunga qadar olib boriladi. Kamdan-kam hollarda operativ chora qo‘llaniladi. Operatsiyada ter bezlarini innervatsiya qiluvchi nerv tolalarini yo‘qotish bajariladi.Bundan tashqari bir necha oylarga yordam beruvchi lazerterapiya ham o‘tkazilishi mumkin.

Oyoq terlashini oldini olish choralari

Muammoni bartaraf etishdan ko‘ra uning oldini olgan yaxshiroq. Ayniqsa, ichki organlar surunkali kasalliklari, endokrin sistemasi kasalliklarini davolash zarur. Kunlik gigiyenik qoidalarga rioya etish, prisipka (kukun)dan foydalanish, toza paypoqlar, sifatli poyabzallar tanlash, sport oyoq kiyimlarini faqatgina jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanayotganda kiyish zarur.

  • Ko‘p terlaydigan oyoqlarni kuniga kamida 2 marta yuvish, yuvganda xo‘jalik sovunidan foydalanish zarur. Oyoqlarni chayganda iliq yoki biroz salqinroq suv bilan yuvish kerak.
  • Oyoq kiyimni kiyishdan oldin oyoqlar, paypoqlar va poyabzalning quruqligiga ishonch hosil qilish kerak.
  • Poyabzallar tabiiy materialdan tayyorlangan bo‘lishi kerak, ular “nafas olib turishi” shart.
  • Terlaydigan oyoqlarda kiyilgan poyabzallarni kuniga bir marta antiseptik vositalar bilan ichki qismini tozalash kerak, masalan, bor kislotasi (bornaya kislota).
  • Har kunlik oyoq gimnastikasi va oyoq mashqlari oyoqda qon aylanishini yaxshilaydi.
  • Stressdan saqlanish, emotsiyalarga berilmaslik zarur.

Oyoqlarning kuchli terlashiga ko‘plab sabablar bor. Shuning uchun o‘z boshimchalik bilan diagnoz qo‘yib, uni davolashni boshlab yuborish mumkin emas. Shifokor dermatolog yoki endokrinolog tavsiyalarini olish kerak. Chunki ular kasallikning aniq sababini aniqlaydi va aniq davo choralarini qo‘llaydi.

Doimo salomat bo‘ling!

12 комментариев к “Oyoq terlashi va hidlanishining sabablari hamda davolash usullari”

  1. Уведомление: buy dumps cc online

  2. Уведомление: Devops services

  3. Уведомление: nova88

  4. Уведомление: Digital transformation firms

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: เงินด่วน

  7. Уведомление: nova88

  8. Уведомление: Psilocybin effect

  9. Уведомление: ecstasy drug zone,

  10. Уведомление: buy ayahuasca tea online price,

  11. Уведомление: where to get psilocybin mushrooms​ Australia

  12. Уведомление: http://dpinterracial.com/cgi-bin/atx/out.cgi?id=58&tag=top1&trade=https://gg4.store/calgary/

Комментарии закрыты.