Bola tarbiyasida ilg‘or ko‘nikmalar 20+

DO`STLARGA ULASHING:

Bola tarbiyasi — mas’uliyatli va jiddiy jarayon hisoblanadi. Qolaversa, farzand, oila, o‘sib kelayotgan yosh avlod, mamlakat va dunyo kelajagiga ta’sir etuvchi jarayondir. To‘g‘ri tarbiya kuchli va mustaqil shaxsni o‘sib — ulg‘aytirishga yordam beradi va ko‘plab muammo, qiyinchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashadi. Ammo “to‘g‘ri” deganda nimani tushunamiz? To‘g‘ri tarbiyaning old ko‘nikmalarini sizlarga taqdim etamiz.
1.Sen men uchun juda muhimsan! Yuvilmagan idishlar, tekshirilmagan elektron pochta xatlari barchasi vaqt Farzandingiz sizga doimo kerakligini bilishi zarur.
2. Seni sog‘indim! Ajralganingizga 20 daqiqa bo‘lgan bo‘lsa ham, farzandingizni quchoqlab qarshi oling. Farzandingizga qay darajada yaqinligingizni aynan ushbu quchoq orqali bildiring.
3. Noto‘g‘ri ish qilding. Farzandingiz xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, albatta unga ushbu jumlani ayting. To‘g‘ri yo‘lni tanlashga uni yo‘naltiring. Xatoliklariga qaramasdan uni yaxshi ko‘rishingizni doimo eslatib turing.
4. Sen barchasini to‘g‘ri qilding. Fanrzandingiz to‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa, undan faxrlanishingizni bildiring. Farzandingiz u bilan g‘ururlayotginingizni bilsa, uning ijobiy ishlari o‘z-o‘zidan ko‘payib boraveradi va u bu ishlarni o‘zi sezmagan holda qiladi.
5. Sen o‘zgachasan! Farzandingizga boshqa bolalarga nisbatan boshqacha va barkamolligini ko‘rsating. Ularning fe’l-atvoridagi yutuqlarni o‘ziga singdiring va boshqalarning fe’l – atvori bilan qiyoslang. U ham insonni fe’liga qarab ajratishini yoshligidan o‘rgansin. Bu juda ham kerakli ko‘nikmalar bo‘lib, farzandingiz katta bo‘lganda albatta bu uchun sizga tashakkur bildiradi.
6. Yig‘lash – bu odatiy holat. Farzandingizni o‘z his-tuyg‘ularini berkitmaslikka o‘rganing. Dunyodagi barcha insonlar, xoh u erkak kishi yoki ayol bo‘lsin yig‘lashi tabiiy holat. Insonlar yolg‘izlikdan, qayg‘udan, ayriliqdan, og‘riqdan va hattoki baxtdan ham ko‘z yosh to‘kadi. Bolangiz his-uyg‘ularini sizga oshkora etishiga ruxsat bering.
7. Ko‘z yoshingni art! Yig‘lash foydali, ammo farzandingiz ko‘z yoshini artib olg‘a intilish kerakligini ham anglashi kerak. Ularga oddiy bir haqiqatni o‘qtiring: “Sening yig‘layotganliging sababi quyoshing osmonni tark etganligi bo‘lsa, darrov ko‘z yoshlaringni art, bo‘lmasa ular senga osmondagi yulduzlarni tomosha qilishga halaqit beradi”.
8. Menga yordam bera olasanmi? Sizning farzandingiz birinchi navbatda sizni yaqinlari uchun qayg‘uradigan, jon kuydiradigan va tashvish chekadigan inson sifatida qabul qilishsin. Sizni zaifligingizni sezishsin. Ular sizni yordamga muhtoj ekanligingizni sezishsin va yordam berishini anglab yetishsin. Bu ko‘nikmani ularda rivojlantiruvchi inson esa o‘zingiz.
9. Senga yordam kerakmi?Yordam berishda avval doimo ushbu savoll bilan farzandingizga murojaat qiling. Mustaqillik muammoni yechimini topish jarayonida vujudga keladi. Farzandingiz biror bir narsani uddasidan chiqa olmasa, unda unga yordam bering va tg‘o‘ri yo‘lni ko‘rsating.
10. Barakalla! Farzandingiz qilgan ishini uddasidan chiqa olmagan bo‘lsada, ammo ushbu ishga tirishqoqlik bilan kirishga bo‘lsa uni qo‘llab-quvvatlang. Kichik rag‘batlardan, kichik yutuqlar mavjudga keladi, kichik yutuqlar izidan esa katta omad keladi.
11. Meni kechir! Siz farzandingizga nisbatan noto‘g‘ri ish tutgan bo‘lsangiz buni tan olishga uyalmang. Kechirim so‘rang. Bu tariqa siz bolangizga namuna sifatida zarur paytda aybni tan olish, uzr so‘rash bu izza bo‘lish emasligini ko‘rsatasiz.
12. Seni sevaman! (Seni yaxshi ko‘raman!) Ushbu jumlani har kuni farzandingizga ayting. Ular sizning sevgingiz abadiy, shaksiz va o‘zgalar sevgisiga almashib bo‘lmaydigan tuyg‘uligini anglab yetsin!
Kamola Ismoilova tayyorladi
pmt.uz

Оставьте комментарий