Bolalarda laringit belgilari

DO`STLARGA ULASHING:

Bolalarda laringit belgilari
🔰 Bolalarda laringit klinik belgilari oʻtkir respirator infeksiya bolaga yuqqanidan 2-3 kun oʻtib yuzaga chiqadi. Bolalar holsizlik, yutinganda ogʻriq, yutinish qiyinlashuviga shikoyat qiladilar, tana harorati koʻtarilishi ham mumkin (37,5 C gacha), bosh ogʻrigʻi, nafas olishning qiyinlashuvi va tezlashuvi kuzatiladi. Laringit holatida bolalarda ovoz oʻzgarishi roʻy beradi: ovoz boʻgʻiq, xirillagan, kuchsiz yoki umuman ovozsiz boʻlib qolishi mumkin (disfoniya yoki afoniya rivojlanadi). Quqruq, “xurgan» kabi yoʻtal paydo boʻladi, 3-4 kun oʻtib nam yoʻtalga aylanadi. Asoratsiz laringit odatda 5-10 kun davom etishi mumkin.
🔰 Kichik yoshdagi bolalarda laringit avj olib borishi – hiqildoq torayishi va oʻtkir laringotraxeit rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, bolalarda soxta KRUP ham kuzatiladi, uning belgilari triada koʻrinishida kechadi: “xurgan kabi” yoʻtal, ovozning boʻgʻiqlashuvi, inspirator hansirash (nafas olish qiyinlashuvi). Soxta KRUP asosan tunda namoyon boʻladi. Bola toʻsatdan uygʻonadi, uni yoʻtal va nafas qisishi qiynaydi, bola bezovta va juda qoʻzgʻalgan holatda boʻladi. Auskultativ eshitib koʻrilganda xushtaksimon nafas, taxipnoe eshitiladi, taxikardiya, ogʻiz uchburchagida sianoz, akrotsianoz aniqlanadi, bola koʻp terlaydi. Ogʻir koʻrinishlarida yurak-qon tomir yetishmovchiligi va asfiksiya kelib chiqishi mumkin.
🔰 Surunkali laringit katta yoshli bolalarda koʻp uchraydi. Kasallikka xos belgilar – oʻtib ketuvchi yoki saqlanib qoluvchi disfoniya, koʻp gapirganda charchab qolish, tomoqda qichishish va reflektor ravishda yoʻtal tutishi boʻlishi mumkin. Laringit xuruj qilgan vaqtlarda yuqoridagi belgilar kuchli namoyon boʻladi.
Davomi bor…

Оставьте комментарий