Bolalarda rotavirusli gastroenterit belgilari

DO`STLARGA ULASHING:

✅Bolalarda rotavirusli gastroenterit belgilari

📌Qusish. Qusuq massasi boshida ko‘p ovqat aralashgan bo‘ladi, keyin shilliq aralashgan suvli ko‘rinishda to‘xtaydi.

📌Qorinda og‘riq. Og‘riq epigastral soha yoki kindik atrofida, odatda doimiy, lekin siquvchi kuchli og‘riq ham bo‘ladi.

📌Ich ketishi. Ich ketishlar soni sutkasiga 5-15 martagacha bo‘lishi mumkin. Stul holati ko‘p, suvli, sariq yoki sarg‘ish-yashil rangda, ko‘pikli va o‘tkir hidli bo‘ladi.

📌Isitma. Tana harorati 37,5-38 °C gacha, ba’zan 39 °C gacha ko‘tariladi.

📌Tomoqda qizarish. Yumshoq tanglay va halqumning yuqori qismida qizarish va shish paydo bo‘ladi.

📌Umumiy holsizlik. Intoksikatsiya va suvsizlanish hisobiga yuzaga keladi.

📌Bosh og‘rig‘i. Intoksikatsiya hisobiga yuzaga keladi.

©Doctor Muxtorov

Оставьте комментарий