BOTIR HUSANBOYEV! BILIMLI VA MUVAFFAQIYATLI TADBIRKORNING HAYOT YO‘LI!

DO`STLARGA ULASHING:

BOTIR HUSANBOYEV! BILIMLI VA MUVAFFAQIYATLI TADBIRKORNING HAYOT YO‘LI!
Hozirgi kunda yurtimizda biznes yo‘nalishida o‘zining muvaffaqiyatli faoliyatini olib borayotgan tadbirkor Botir Husanboyev 20 iyun 1993 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2009 yil Aleksandr Sergeyevich Pushkin nomidagi 10 maktabni bitirgach, Kompyuter texnologiyalari Akademik litseyiga o‘qishga kirgan. U yerda 3 yil tahsil olgach, 2012 yil Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Puna shahrida joylashgan “Pune University”ga o‘qishga kirgan. Bu oliygohning Hindistonda nufuzi baland bo‘lib, u yerda to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Botir Husanboyev mazkur oliygohda 2 yil davomida biznes yo‘nalishi bo‘yicha offlayn, ya’ni an’anaviy, bir yil davomida esa onlayn tahsil olgan.
O‘zbekistonga qaytgach, Botir Husanboyev 2015 yil Moliya institutining “Menejment” fakultetiga o‘qishga kirgan va bu institutni ham tugatgach, 2018-2020 yillarda Menejment yo‘nalishida Magistraturani ham muvaffaqiyatli tamomlagan.
Botir Husanboyev tadbirkorlikka yoshlikdan qiziqqan bo‘lib, o‘zining biznesdagi ilk qadamlarini 2017 yil boshlab, “Kiborg Sportivnaya Arena” deb nomlangan Kompyuter klubiga asos solgan. Ma’lum bir vaqt mazkur kompyuter klubini muvaffaqiyatli yurgazib, faoliyatini rivojlantirib olgach, o‘z e’tiborini kafelar tizimiga qaratgan. U bu tizimni yaxshilab o‘rganib chiqib, Turkcha muzqaymoq tayyorlab sotiladigan Turk kafesi ham ochgan. So‘ng, Botir Husanboyev 2018 yil “Catering” tizimiga qiziqib, shunga e’tibor qaratgan. Bir necha yil “Catering” bilan shug‘ullangach, 2021 yildan “Premier Hall” kinoteatrini “Yulduz Cinema” nomi bilan rebrending qilib, hozirda mazkur kinoteatrni muvaffaqiyatli ravishda yuritib kelmoqda.
Botir Husanboyev muvaffaqiyatli biznes, bu omad va mehnatdan tashkil topadi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham, biznes yo‘nalishida yangiliklar yaratish, hamda izlanishga ko‘p vaqt sarflaydi.
Botir Husanboyev biznesdan tashqari, sportga ham juda qiziqadi. 8 yil davomida suzish bilan shug‘ullangan va suv sporti bo‘yicha sport masteri. Bundan tashqari, futbol bilan muntazam shug‘ullanib, haftasiga 4 marta futbol o‘ynaydi. U «Mediyniy liga»da ishtirok etadigan futbol komandasining nomi “IRUN”. Xorijiy futbol komandalaridan esa, eng sevimlisi “Chelsi” (Chelsea F.C.) Shuningdek, u katta tennisga ham juda qiziqadi va haftasiga 2 marta “iTec” tennis klubida tennis bilan shug‘ullanadi.
Eng katta orzusi, kelajakda biznes yo‘nalishida o‘ziga xos yangiliklar, muvaffaqiyatli xalqaro loyihalarni amalga oshirish!

Оставьте комментарий