Bugun 22-dekabr — Energetiklar kuni

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 22-dekabr — Energetiklar kuni

Ushbu bayram sanasi bilan barcha soha vakillarini tabriklaymiz!

Mazkur sananing tarixi 1920-yilga borib taqaladi. Aniqrog’i, bundan rosa bir asr ilgari Sovetlar davlatida «Davlat elektrlashtirish rejasi» (GOELRO) qabul qilinganligi munosabati bilan Ittifoq Oliy Kengashining 1966-yil 23-maydagi farmoniga ko’ra 22-dekabr Energetiklarning kasb bayrami sifatida nishonlanadi.

22-dekabr Ukraina, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, shuningdek, O‘zbekistonda ham energetiklar bayrami, deb e’lon qilingan.

Ayrim MDH davlatlarida ushbu bayram dekabr oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi va rasmiy maqomga ega emas.

Shuningdek, energetiklar bayrami hech qayerda dam olish kuni deb e’lon qilinmagan. Aksincha, yilning eng uzun tuni bo’lgani uchun energetiklar odatdagidan ko’proq mehnat qilib, xonadonlarga yorug’lik va issiqlik olib kiruvchi kasb egalari sifatida e’tirof etiladi.

Оставьте комментарий