Bugun 11-noyabr — Xalqaro energiyani tejash kuni

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 11-noyabr — Xalqaro energiyani tejash kuni

11-noyabr “Resurslar va energiyadan foydalanish maktabi loyihasi” (SPARE) xalqaro ekologik tarmog‘i tashabbusi bilan Energiyani tejash kuni deb e’lon qilindi.
Ushbu bayramni tashkil etish to’g’risidagi qaror 2008-yil aprel oyida Qozog’istonda bo’lib o’tgan SPARE koordinatorlarining xalqaro yig’ilishida qabul qilingan.
Va 2008-yil noyabr oyida dunyoda birinchi energiya tejash kuni nishonlandi. Ushbu bayram xalqaro maqomga ega bo’ldi, chunki loyihada 20 ga yaqin davlat ishtirok etishni xohladi.
Bayramdan ko‘zlangan asosiy maqsad hokimiyat va jamoatchilik e’tiborini resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga qaratishdan iborat.
Energiyani tejash muammosi birinchi qarashda ko’rinadiganidan ancha chuqurroqdir. Chunki energiyani tejash atrof-muhitning ifloslanishini kamaytiradi.

Оставьте комментарий