Butun dunyo diabetga qarshi kurashish kuni

DO`STLARGA ULASHING:

14-noyabr kuni Butun dunyo diabetga qarshi kurash kuni 1991 yil Xalqaro diabet federasiyasi va Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan joriy qilingan. 1922 yil yanvarda kanadalik yosh olim Frederik Banting tarixda birinchi marta qand kasalligining og’ir formasi bilan kasallangan 14 yoshli bolani insulin bilan davolab uning hayotini saqlab qoldi. Insulin ishlab chiqarishga patent olib, natijada katta boylikka ega bo’lishi mumkin edi, lekin Banting hamma huquqni Toronto universitetiga berdi. Keyinroq insulin ishlab chiqarish huquqi Kanada medisina tadqiqot sovetiga berilib, 1922 yilning oxirida yangi preparat dori bozoriga chiqarildi. 2007 yildan beri Butun dunyo diabetga qarshi kurash kuni BMT rahbarligi ostida o’tkazilmoqda. Uzoq asrlardan buyon odamlar bu kasallikka qashi kurashda hech qanday vositaga ega emas edilar, qand kasalligi tashxisi bemorga uning tuzalib ketishigagina emas, hayotiga ham umid qoldirmasdi. Glyukoza tolalarini o’zlashtirishni ta’minlovchi bu gormon-insulinsiz kasal organizm yashay olmaydi va sekin-asta o’lishga mahkum. Frederika Banting va uning hamkori Charlz Bestaning bu kashfiyoti tufayli millionlab odamlarning hayoti saqlab qolindi. Qandli diabetni to’liq davolab bo’lmasada, insulin sharofati bilan odamlar bu kasallikni nazoratda ushlab turishni o’rganishdi. 1923 yilda Banting va Makleodning bioximiya va medisina sohasidagi ishlari 1- va yuqori ko’rstkichga ega bo’lganligi tan olinib, ularga Nobel mukofoti berildi. Bestaning xizmatlarini e’tiborga olishmadi, shuning uchun Banting o’zining Nobel mukofotining yarmini Bestaga berdi.
taqvim.uz

Оставьте комментарий