Hikmatli so’zlar

Salomatlik to‘g‘risida

Sog‘lom odam tabiatning eng bebaho asaridir. T. KARLEYL Inson — tabiatning yer yuzidagi oliy mahsulidir. Biroq tabiat yaratgan mo‘jizalardan bahra olmoq uchun inson sog‘lom, baquvvat hamda zukko bo‘lmog‘i zarur. I. I. PAVLOV Biz insonning har tomonlama kamol toptirmoqni istaymiz, toki u bemalol yuguradigan, suzadigan, tez va chiroyli odimlay oladigan bo‘lsin,uning to‘rt muchasi sog‘ bo‘lsin, qisqasi, […]

Salomatlik to‘g‘risida Читать дальше »

Sevgi va axloq

Muhabbat! Vu barcha ehtiroslarning cho‘qqisi va eng g‘olibidir. Ammo uning adadsiz zabtkorlik kuchi cheksiz-chegarasiz olijanoblik va deyarli tasavvurga sigmaydigan darajadagi beg‘arazlikdan iboratdir. G. GEYNE O‘zini yaxshi ko‘rgan odam chinakam muhabbatga qodir emas. Shaxsiyatparastlik sevgini zaharlaydigan dahshatli illatdir. Bordi-yu, shaxsiyatparast bo‘lsang, yaxshisi, oila qurmay qo‘ya qol. V. A. SUXOMLINSKIY Agar qalbimiz sof bo‘lsa, «ayol» so‘zi biz

Sevgi va axloq Читать дальше »

Sovuqqonlik haqida

Hamma narsani yaxshi deydigan yoki hamma narsani yomon deb hisoblaydigan, ayniqsa, hamma narsaga sovuqqon qaraydigan odamga ishonmang. I. LAFATER O‘rtamiyona odam hukmron fikr va hukmron modaga har doim moslashib oladi, u narsalarning hozirgi holatini yagona to‘g‘ri holat deb hisoblaydi va hamma narsaga passiv qaraydi. K. LIXTENBERG Odamlarga zarari ham, foydasi ham tegmaydigan kishidan faqirroq odam

Sovuqqonlik haqida Читать дальше »

Suhbatlashish mahorati xususida

Birdan-bir haqiqiy ne’mat odamlarning bir-biri bilan muloqotidir. A. SENT-EKZYuPERI Gapirisha bilish talantdir. STENDAL Suhbat — bahamjihat quriladigan bino. A. MORUA Bir soatlik suhbat ellikta maktubdan afzal. M. SEVINE Bahslashish ko‘plarning qo‘lidan keladi, oddiygina suhbatlashishni esa kamdankam kishi uddalaydi. A. OLKOTT Kishilar fahmlari yetmaganlikdan emas, ortiqcha g‘ururlari tufayli qaysarlik qilib, eng sog‘lom fikrlar bilan ham kelishmaydilar:

Suhbatlashish mahorati xususida Читать дальше »

Tanqid haqida

Tanqidsiz bir-birini anglash bo‘lmaydi, binobarin, birlik ham bo‘lmaydi. F. ENGELS Kasalni davolash uchun uni aniqlash, ochish kerak va bu eng qulay va to‘g‘ri yo‘l hisoblaiadi. F. E. DZERJINSKIY Illatning sababini topish — deyarli unga qarshi davoni topish degan so‘z. V. G. BELINSKIY O‘zingning emas, boshqalarning yanglishishiga toqat qilishing — buni harholda tushunish va qadrlash mumkin,

Tanqid haqida Читать дальше »

Umid haqida

Inson hayotida eng ko‘p foyda beradigan narsa — umid. A. F. VELTMAN Hammamiz uchun nima mushtarak? — Umid; chunki odamning hech narsasi bo‘lmasa ham umidi bor. FALES Hatto juda keksayib qolgan odamlar ham umid bilan yashaydilar va o‘z ahvollarini yaxshilash uchun rejalar tuzadilar. J. LEOPARDI Inson tirik ekan, hech qachon umidsizlanmasligi kerak. SENEKA Dard, o‘kinch,

Umid haqida Читать дальше »

Umr va vaqt

Hayotni sevasanmi? Sevsang, vaqtni boy berma, chunki vaqtdan hayot degan mato yaraladi. B. FRANKLIN Tezkor vaqt, qaytib kelmaydigan vaqt insonning eng qimmatbaho boyligidir, binobarin, uni yelga sovurmoq borib turgan talon-torojlikdir. S.MOEM Odamzod hayoti tejalgan vaqtga qarab uzayadi. F. KOLLIER Vaqt bizning eng arzon va ayni vaqtda eng qimmatbaho mulkimizdir, chunki vaqt tufayli biz hamma narsaga

Umr va vaqt Читать дальше »

O‘git va nasihatlar haqida

Biz hech narsani nasihatchalik saxiylik bilan aytib tashlayvermaymiz. F. LAROShFUKO Chavandozlikdan xabari yo‘q odam otni qanday minish haqida maslahat bermaydi. Ammo axloq masalasida biz boshqacharoq ish tutamiz. Bu yerda biz o‘zimizni hamma narsani biladigan va istagan odamga nasihat qilishga qodirmiz, deb hisoblaymiz. K. GELVESIY O‘zgalarning ishi xususida donolik qilish o‘z shaxsiy ishi-ii eplashga qaraganda ancha

O‘git va nasihatlar haqida Читать дальше »

O‘z-o‘zini anglash va burch tuyg‘usi haqida

Eng qiyini o‘zingni anglay bilishingdir. FALES Kishi o‘zini qanday anglashi mumkin? Harqalay, xayolparastlik bilan emas, faqat faoliyatda anglashi mumkin. O‘z burchingni ado et, o‘sha zahoti o‘zingni anglaysan. I. GYoTE Inson mushohada bilan emas, balki harakatda o‘z-o‘zini anglaydi. Qilinishi lozim bo‘lgan ishga kuch-g‘ayrat sarflagandagina u o‘zining kimligini biladi. I. GYoTE Burchingni ado etishga harakat qil, shunda

O‘z-o‘zini anglash va burch tuyg‘usi haqida Читать дальше »

O‘zni tuta bilish to‘g‘risida

Hamma g‘alabalar o‘z ustingdan qozonilgan g‘alabadan boshlanadi. L. M. LEONOV Haqiqiy buyuklik o‘zni tuta bilishdan iborat. F. LAFONTEN O‘zni tuta bilish hayotdagi eng oliy ne’matlarning biridir. J. PRENTIS O‘zingizni tuta bilar ekansiz, hukmingiz ham buyuk bo‘ladi. SENEKA Faqat dushmanlarni yenggan kishi mard bo‘lmasdan, o‘z hissiyotlaridan ustun kelgan kishi ham marddir. DEMOKRIT O‘z ruhini bo‘ysundirgan kishi

O‘zni tuta bilish to‘g‘risida Читать дальше »