Chivin chaqqanda nima qilish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Yoz vaqti issiq havoning yoqimsizligi bilan kechqurunlari chivin, pashshalarning chaqishi kishini xunob qiladi. Chivin chaqishi 10 foiz odamlarda allergiya qo‘zg‘atishi aniqlangan. Chivin chaqqanda biroz bo‘lsa-da tanamiz orom olishi uchun nimalar qilish kerak?
  • Chivin chaqqan joyni iloji boricha qashlamaslik kerak. Stakan suvga yarimta dimedrol tabletkasini eritib, paxtani tayyor aralashmaga botirib, chivin chaqqan joyga qo‘yiladi. Qichishish bosiladi.
  • Yana bir usul: yarim stakan qaynagan suvga 1 choy qoshiq iste’mol sodasi solib aralashtiriladi. Aralashma bilan chivin chaqqan joylar artib turiladi. Bunday muolajani bir kunda bir marta qilib turish kerak.
  • Yoqimsiz bo‘lsa ham, chivin chaqqan joylarga ko‘kdori (zelyonka) surtib turish kerak.

soglom.uz/tavsiya/chivin-chaqqanda-nima-qilish-kerak/

Оставьте комментарий