Detoks nima va u qachon qilinishi kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Detoks nima va u qachon qilinishi kerak?

Detoks — bu organizmni tozalash usuli bo’lib, u tanadagi toksinlar va zararli moddalarni chiqarib tashlashga yordam beradi.

Quyidagi hollarda detoks qilish tavsiya etiladi:

— Immunitet pasayishi;
— Ortiqcha vazn;
— Teri, soch, tirnoqlarning holati yomonlashishi;
— Yallig’lanish va muttasil shamollash jarayonlari;
— Og’izdan va tanadan yoqimsiz hid kelishi;
— Oshqozon-ichak traktidagi buzilishlar;
— Antibiotiklardan foydalanishdan keyin;
— Spirtli ichimliklarni uzoq vaqt iste’mol qilgandan keyin;
— Terida xusnbuzar va toshmalar paydo bo’lganida;
— Ekologik jihatdan noqulay hududda yashaganda.

🫗 Detoks natijasida barcha ichki organlar toksinlardan tozalanadi, tanada foydali ozuqalar va suyuqlik erkin harakatlana boshlaydi, ortiqcha xolisterin chiqib ketadi, ovqat hazm qilish tizimining faoliyati yaxshilanadi.

🍵 Shu bilan birga, foydali moddalar organizmga osonroq so’rila boshlaydi. Teri yorqinlashadi, elastikligi ortadi, xusnbuzarlar kamayadi. Mahalliy yallig’lanish bartaraf qilinadi va kollagen sintezi faollashadi. Detoks ichimliklar tarkibida ko’p miqdorda C vitamini mavjud bo’lib, u tabiiy ravishda qarishni sekinlashtiradi va organizmni hujayra darajasida yangilaydi.

Оставьте комментарий