DO`STLARGA ULASHING:
Bugun 17-noyabr — Devid Livingston Viktoriya sharsharasini kashf qilgan kun
Janubiy Afrikadagi sayyohlarni o’ziga jalb qiladigan nuqtalardan biri – bu Zambezi daryosidagi sharsharadir.
Balandligi 108 m va kengligi 1800 mli sharsharani oldida shu yerliklarga nisbatan juda issiq kiyingan kishini tasvirlovchi haykal bor.
Bu savlatli britaniyalikning ismi Devid Livingston, u yevropaliklar ichida birinchi bo’lib, 1855-yil 17-noyabrda bu ulkan sharsharani ko’rgan va uni britaniya qirolichasi sharafiga –Viktoriya deb atagan.
Mahalliy aholi esa o’zgacha — “shaqildoq tutun” deb ataydi. Sharsharani birinchi marta ko’rgan Livingston uni juda obrazli qilib tasvirlab sharsharani qor bo’roniga o’xshash bahaybat parda deb ataydi.
U shunday deydi: “Angliyada ko’rganlarimning birontasi uning go’zalligiga tenglasha olmaydi. Yevropaliklar oldin hech qachon bunday narsani ko’rmaganlar. Bu joy shunday ajoyibki, farishtalar ham osmondan tomosha qilsalar kerak.”