Xalqaro muddatidan oldin tug’ilgan bolalar kuni

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 17-noyabr — Xalqaro muddatidan oldin tug’ilgan bolalar kuni

Bu kun muddatidan oldin tug’ilgan bolalarni parvarishlash Yevropa fondining tashabbusi bilan 2009-yil tashkil etilgan.

Har yili planetamizda 15 mln ga yaqin bola vaqtidan oldin ya’ni chala tug’iladi, boshqacha aytganda, o’rtacha olganda tug’iladigan bolalarning har o’ninchisi muddatidan oldin tug’iladi.

Bu bolalarning bir milliondan ortig’i tug’ilishi bilan o’ladi, ko’pchiligi esa jismoniy va ruhiy nogironlikdan aziyat chekadi yoki bilim olish jarayonida turli muammolarni boshidan kechiradi.

Statistik hisob-kitobga ko’ra, dunyo bo’yicha yangi tug’ilgan bolalarni o’limiga olib keluvchi hodisalarning deyarli yarmini vaqtidan oldin tug’ilish tashkil etar ekan.

Oxirgi yillarda bolalarning vaqtidan oldin tug’ilishi barqarorlashganligi kuzatilmoqda.

Ma’lumki, yangi tug’ilagan bolalar juda zaif bo’lishadi, lekin chala tug’ilganlar esa birinchi navbatda.

Оставьте комментарий