Dilorom Qambarova — 1957-yil Marg’ilonda tavallud topgan o’zbek sovet kino aktrisasi.
Dilorom ilk rolini Ali Hamroyevning «Shijoat» filmida ijro etgan. А. Hamroyev pionerlar lagerida dam olayotgan o’quvchi qizlar orasidan Qambarovani tanlaydi va aktrisani shunday xotirlaydi: “U ozg’in, xushbichim, qushdek yengilligi, uzun qo’llari bilan hammadan alohida ajralib turardi”.
Shundan so’ng aktrisa «Yettinchi o’q», «Issiq quyosh ostidagi uy», «Ma’buda» kabi filmlarda birin ketin rol ijro etgan. Keyinroq «Abu Rayhon Beruniy», «Inson qushlar ortidan boradi», «Ayolsiz erkak» filmlarida ajoyib rollarni gavdalantirgan. «To’ylar muborak» filmida Barno roli orqali esa muxlislari qalbidan joy olgan Dilorom Qambarova AQShga safar qiladi. AQShda yashab, fuqarolik oladi. Hozirgi kunda AQShda yashaydi.
Dilorom «Siyovush haqida afsona», «Yovvoyi Oqqush», «Oy tutilgan kecha», «Olovli yoʼllar», «Vodillik kelin» va boshqa filmlarda ham rol ijro etgan.