DOC va DOCX formatlari o‘rtasidagi farq

DO`STLARGA ULASHING:

DOC va DOCX formatlari o‘rtasidagi farq (https://telegra.ph/file/57ddc0072b31285e25d99.png)🤔

MS Word dasturida hujjatlarni saqlash uchun .docx va .doc eng keng qo‘llaniladigan fayl kengaytmalari hisoblanadi.

Microsoft kompaniyasi MS Word ilovasida qo‘llaniladigan matnli hujjatlar bilan ishlash uchun o‘z formatini ishlab chiqqan. Microsoft Office 97-2003 versiyalarida DOC formatidan foydalanilgan, Microsoft Office 2007 va undan keyingi versiyalarida esa – DOCX formatini qo‘llashga o‘tilgan.

Ushbu formatlar o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardan iborat:

— MS Word’ning yangiroq versiyalarida ichki o‘rnatilgan maxsus ZIP-arxiviga siqish funksiyasi tufayli DOCX fayli hajmi DOC fayli hajmiga nisbatan kamroq joy egallaydi.

— DOCX – matn, belgilash, jadvallar, konteyner va ssenariylar haqidagi ma’lumotlarni alohida fayllar va papkalarda saqlovchi konteyner formatidir, DOC formatida esa barcha ma’lumotlar bitta faylda saqlanadi.

— DOCX’dan foydalanganda foydalanuvchi matnli hujjatlar bilan ishlashda ko‘proq funksional imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

📝 Manba: @computer_life

Оставьте комментарий