14-yanvar vatan himoyachilari kuni kichik guruh uchun she’r.

DO`STLARGA ULASHING:

14-yanvar vatan himoyachilari kuni kichik guruh uchun she’r.

Askar.

Bir kun katta bo’laman,.
O’qib bilim olaman,
Kuch qudratga to’laman,
Jasur askar bo’laman.

Vatan.

Vatanimni asrayman,
Ko’z qorachig’imdek,
Bergan tuzin oqlayman,
Vatan meni onamdek.

Askar o’g’lonlar.

Shiddat-la tashlar qadam,
Turarlar xushyor har dam,
Vatanim nosbonlari,
Mard jasur o’g’lonlari.

Ozod yurtni qo’riqlar,
Xalqim ishonchin oqlar,
Siz bor yashayapmiz tinch,
Yurakda yuksak ilinj.

Vatanimga posbon.

Uch yoshdan oshyapman,
Dadil qadam bosyapman,
Orzularim bir jahon,
Bo’lay vatanga posbon.

Vatan himoyachilari.

Qadamidan o’t chaqnar,
Kunu tun sarhadda
Tinchligimiz saqlar,
Yashayapmiz farog’atda.

Yov kirolmas yurtimga,
Bor bo’ling baxtimga.
Vatan himoyachilari,
Qurqmas botir o’g’lon bari.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий