Dunyodagi eng katta buqa

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyodagi eng katta buqa

Fetard dunyodagi eng katta buqa hisoblanadi. Uning og’irligi 1950 kg va balandligi 1 yarim metr. Fetard qoramollarning Rouge des Pres zotiga tegishli. 5,5 yoshida Fetard birinchi marta Parij xalqaro qishloq xo’jaligi ko’rgazmasida namoyish qilingan.

Ilgari Meyn-Anjou zoti sifatida tanilgan bu qoramol Frantsiyaning shimoli-g’arbiy qismida paydo bo’lgan. Bu hudud mol go’shti yetishtirish uchun juda mos bo’lib o’tloq va haydaladigan yerlarga ega. Bugungi kunda bu qoramolni Amerika, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va Frantsiya kabi ko’plab mamlakatlarda topish mumkin.

Оставьте комментарий