Dunyoning eng ko‘p pul ishlab topgan sportchilari

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyoning eng ko‘p pul ishlab topgan sportchilari

Forbes dunyoning eng ko‘p pul ishlab topgan sportchisi nomini ma’lum qildi.

O‘tgan yili hammadan ko‘p pulni irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor topgan. Uning daromadi $180 million deb baholandi.

Reytingda ikkinchi o‘rin $130 million ishlab topgan «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi. Futbolchi $97 millionni klubdan olgan bo‘lsa, qolgan qismi reklama shartnomalaridan kelgan.

Eng ko‘p pul ishlab topgan sportchilar uchtaligini Krishtianu Ronaldu yakunlab berdi. «Yuventus» hujumchisi $120 million daromad topgan. Turinliklar unga 64 million dollar maosh to‘lagan, qolganini esa reklama va o‘z biznesi orqali ishlagan.

@NarxiQancha | Manba (https://kun.uz/uz/news/2021/05/12/dunyoning-eng-kop-pul-ishlab-topgan-sportchilari-nomi-malum-qilindi)

Оставьте комментарий