EMAKTAB.UZ BO‘YICHA ESLATMA

DO`STLARGA ULASHING:

EMAKTAB.UZ BO‘YICHA ESLATMA

O‘quvchilar o‘z vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qo‘yilmasligi o‘qituvchini dars o‘tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to‘lanmaydi.

✅ Sinf rahbari «bir kunlik jurnal” da fanlar ostidagi «PR” ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo‘yib boradi:

s  — hech qanday sababsiz dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun;
dq — sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun;
k — kasallik sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun;
kq — darsga kechikib kerganligini ko‘rsatish uchun;
m — surunkali dars qoldirayotganligini ko‘rsatish uchun;
ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko‘rsatish uchun;
q — ta’lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini ko‘rsatish uchun;
ns — ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun;
tq — turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun qo‘yish belgilanadi.

✅ Fan o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

s — hech qanday sababsiz dars qoldirganini ko‘rsatish uchun;
kq — darsga kechikishni ko‘rsatish uchun.(baxolash mumkin).

❗️Sinf jurnallarida o‘quvchilarning familiyasi va ismi maktab ta’lim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.

Оставьте комментарий