Eng katta zarar keltirgan kompyuter virusi

DO`STLARGA ULASHING:

Eng katta zarar keltirgan kompyuter virusi

— W32.MyDoom@mm nomi bilan tanilgan MyDoom hozirgacha eng zararli kompyuter virusi hisoblanadi. Virus birinchi marta 2004-yil 26-yanvarda kompyuter tizimlarida uchragan. U Microsoft Windows operatsion tizimiga zarar yetkazish uchun ishlab chiqilgan va 38 milliard dollar zarar keltirgan, bu esa uni tarixdagi eng qimmat kompyuter virusiga aylantirdi. Virus shu qadar halokatli ediki, virusni yuqtirgandan so’ng, u xakerga kompyuterni boshqarishga imkon beradigan tarmoq «teshik»larini yaratib beradi. Hisob-kitoblarga ko’ra, 2004-yilda yuborilgan barcha elektron pochta xabarlarining taxminan 25% MyDoom bilan zararlangan.

Оставьте комментарий