17-noyabr — COVID-19 virusi ilk bor qayd etilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 17-noyabr — COVID-19 virusi ilk bor qayd etilgan kun

COVID-19 virusi 2019-yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida avj oldi.

Ammo, u ilk marta noyabr oyining 17-sanasida qayd etilgan edi. Xubey hududida yashovchi 55 yoshli fuqaro koronavirusga chalingan birinchi odam hisoblanadi.

U 17-noyabr kuni shifokorga murojaat qilgan, shundan keyin har kuni bemorlar soni koʻpayib boravergan.

Dekabr oyining oʻrtalarida ularning soni 30 taga yaqinlashib qolgan, 20-dekabr kuni esa koronavirusga chalingan bemorlar soni 60 dan oshgan edi.

2020-yilning 30-yanvar kuni JSST koronavirus epidemiyasi tufayli sogʻliqni saqlash sohasida favqulodda holat eʼlon qiladi.

2020-yilning 11-mart sanasida esa pandemiya rasman tan olinadi.

Оставьте комментарий