Erakaklarda jinsiy disfunktsiya xaqida boshlangʼich maʼlumotlar.

DO`STLARGA ULASHING:

Erakaklarda jinsiy disfunktsiya deganda jinsiy aloqa qilish qobilyati buzilishi tushiniladi.
Jinsiy disfunktsiya oʼziga turli xil buzilishlar oladi va quydagilarga taʼsir qiladi:
Libido;
Jinsiy qoʼzgʼalishga erishish yoki uni ushlab turish (erektil disfunktsiya yoki impotentsiya);
Eyakulyatsiyaga qodirlik;
Jinsiy olat deformatsiya boʼlmasdan erektsiyaga erishish;
Orgazmga erisha olish.
Jinsiy disfunktsiya fizik yoki psixologik faktorlar bilan chaqirilgan boʼlishi mumkin.
Koʼpincha ikkala faktor birga jinsiy disfunktsiya chaqiradi. Fizik (somatik) buzilish psixologik buzilishga olib keladi va oʼz navbatida psixologik buzilish somatik buzilishni yanada kuchaytiradi. Baʼzida erkaklar sifatli jinsiy aloqa qilishga oʼzini majburlaydi, yoki ayoli tomonidan shunaqa bosimni xis qiladi. Jinsiy aloqani sifatli qila olmaslik ularda psixologik buzilish chaqiradi (boʼlishi mumkin boʼlgan muvaffaqiyatsizlikdan qoʼrquv). Boʼlishi mumkin boʼlgan muvaffaqiyatsizlikdan qoʼrquv ancha bezovtalik chaqiradi. Bu erkaklarda jinsiy aloqadan lazzatlanish qobilyatini yanada kuchliroq pasaytiradi.
Nisbatan koʼp tarqalgan jinsiy disfunktsiya eyakulyatsiyani buzilishi xisoblanadi. Bu buzilishlar quydagilar:
Erta eyakulyatsiya (olat qinga kirmasdan yoki kirgandan keyin);
Siydik pufagiga eyakulyatsiya (retrograd eyakulyatsiya);
Eyakulyatsiyaga qodir boʼlmaslik (aneyakulyatsiya).
Erektil disfunktsiya odatda oʼrta va katta yoshli erkaklarda uchraydi. Baʼzi erkaklarda libido (mayil) xam pasayishi kuzatiladi.
Erkaklarda meyordagi jinsiy qobilyat
Erkaklarda meyordagi jinsiy qobilyat – bu murakkab sistema boʼlib, unda tana qismlari va ruxiyat birga ishtirok etadi. Nerv, qon aylanish va endokrin sistemalari ruxiyat bilan birlashib jinsiy reaktsiyani yuzaga chiqaradi.
Libido – bu jinsiy aloqa qilish uchun xoxish borligidir. Bu oʼy-xayollar bilan, soʼzlar bilan, koʼrish orqali, xidlar yoki teginish orqali chaqiriladi. Libido jinsiy reaktsiyani birinchi bosqichi boʼlgan qoʼzgʼalishni boshlab beradi.
Keyin jinsiy qoʼzgʼalish boshlanadi. Bunda bosh miya orqa miya orqali jinsiy olatga nerv signali yuboradi. U yerdagi arteriyalar kengayib gʼovak tanani qon bilan toʼldiradi va kattalashtiradi. Natijada olatdan qon olib chiqib ketuvchi venalar ezilib olatda qon dimlanadi. Shu yoʼl bilan olat kattalashadi va qattaqlashadi. Bundan tashqari butun tanada mushaklar tarangligi ortadi.
Keyingi plato bosqichida qoʼzgʼalish va mushaklar tarangligi yanada ortadi.
Orgazm bosqichi bu jinsiy qoʼzgʼalishning eng choʼqqisi xisoblanadi. Orgazm vaqtida butun tanada mushaklar taranglagi yanada ortadi; chanoq mushaklari qisqaradi, keyin eyakulyatsiya boshlanadi.
Eyakulyatsiya nervlar erkak jinsiy aʼzolari – urugʼ pufakchalari, prostata bezi, moyak ortigʼi va urugʼ oʼtkazuvchi kanal mushaklarida qisqarishlar chaqirganda yuzaga chiqadi. Bu qisqarishlar spermani siydik chiqarish kanaliga surib chiqaradi. Siydik chiqarish kanali atrofidagi mushaklar qisqarishi natijasida sperma tashqariga chiqariladi. Bu vaqtda siydik pufagi boʼyni qisqarib sperma siydik pufagiga tushishiga toʼsqinlik qiladi.
Eyakulyatsiya va orgazm bir vaqtda yuzaga kelsada bu ikkalasi aloxida jarayon xisoblanadi. Baʼzida eyakulyatsiya orgazm boʼlmasdan sodir boʼladi. Shuningdek orgazm eyakulyattsiyasiz sodir boʼlishi mumkin. Bu jinsiy yetilish davrida yoki baʼzi dori vositalar (masalan, antidepressantlar) taʼsirida yoki jarroxlik amaliyotidan keyin (masalan, yoʼgʼon ichak yoki prostata bezi olib tashlanganda) kuzatilishi mumkin. Orgazm odatda oʼta yoqimli boʼladi.
Tugash davrida organizm qoʼzgʼolmagan xolatiga qaytadi. Eyakulyatsiya yoki orgazmdan keyin jinsiy olat arteriyalari torayadi, gʼovak tana silliq mushaklari qisqaradi, natijada olatda qon bosimi pasayadi va olat yumshaydi (erektsiya tugaydi). Orgazmdan keyin yana qayta erektsiyaga erishish uchun maʼlum vaqt kerak boʼladi. Yosh yigitlarda bu odatda 20 minut atrofida boʼladi, erkak yoshi katta boʼlgan sari erektsiyalar orasidagi farq uzayib boradi.
Erektil disfunktsiya odatda oʼrta va katta yoshli erkaklarda uchraydi. Baʼzi erkaklarda libido (mayil) xam pasayishi kuzatiladi.
Jinsiy disfunktsiyani psixolagik sabablari
Jinsiy sherigiga nisbatan gʼazab;
Bezovtalik;
Jinsiy sherigi bilan bir-birini tushunmaslik yoki unga qiziqishni yoʼqligi;
Jinsiy xayotidan yoki jinsiy sherigidan qoniqmaslik;
Аybdorlik xissi;
Jinsiy xulqidan xijolat boʼlish;
Oldinda boʼlishi mumkin boʼlgan muvaffaqiyatsizlikdan qoʼrquv;
Oʼtmishda jinsiy tajribasida koʼngilsiz xodisalar boʼlganligi.
Jinsiy aktivlik va yurak kasalliklari
Jinsiy aloqada toliqish odatda oʼrtacha yoki ogʼir jismoniy faoliyat paytidagi toliqishidan kam boʼladi, shuning uchun yurak xastaligi bor erkaklar uchun jinsiy aloqa odatda xavf tugʼdirmaydi. Lekin miokard infarkti xuruji xavfi jinsiy aloqa paytida tinch xolatdagiga qaraganda koʼproq boʼladi.
Nima boʼlganda ham jinsiy xayot bilan yashayotgan yuragida xastaligi bor erkak shifokori bilan maslaxatlashishi kerak. Kasallik yengil kechayotgan, belgilari koʼp boʼlmagan va arterial bosimi mayorida boʼlsa jinsiy xayot odatda xavfsiz boʼladi. Erkaklar miokard infarktini boshidan oʼtkazgan boʼlsa shifokoridan qachon jinsiy xayotini davom ettirishi mumkinligi xaqida soʼrashi kerak. Аmerik kardiologlar assotsiatsiyasi tavsiyasiga koʼra miokard infarkti oʼtkazgandan bir xafta oʼtib yengil xarakatda yurak soxasida ogʼriq va xansirash boʼlmasa jinsiy xayotni davom ettirish mumkin.
Sildenafil, vardenafil, avanafil yoki tadalafil qabul qilish nitroglitserin qabul qilayotgan erkak uchun xavfli boʼladi. Chunki bu preparatlar arterial bosimni xavfli darajagacha tushirib yuborishi mumkin.
манба

15 комментариев к “Erakaklarda jinsiy disfunktsiya xaqida boshlangʼich maʼlumotlar.”

  1. I do not know whether it’s just me or if perhaps everybody else encountering problems with your site.
    It seems like some of the written text within your posts are running
    off the screen. Can someone else please comment and let me know if this is
    happening to them as well? This might be
    a issue with my web browser because I’ve had this happen previously.

    Kudos

  2. Hi there outstanding blog! Does running a blog such as this require
    a large amount of work? I’ve virtually no knowledge of coding however I was hoping
    to start my own blog soon. Anyway, if you have any ideas or tips for
    new blog owners please share. I understand this is off
    subject however I simply wanted to ask.
    Thanks a lot! scoliosis surgery https://coub.com/stories/962966-scoliosis-surgery scoliosis surgery

Оставьте комментарий