Paxta xaqida topishmoqlar.

Paxta xaqida topishmoqlar

DO`STLARGA ULASHING:

Paxta xaqida topishmoqlar.

Qorday oppoq,
Yungday yumshoq,
Gulday ochilib,
Turar sochilib.

Yashil sandiq ochilar,
Ichidan dur cochilar.

Ochiladi lo’ppi,lo’ppi,
Ip yigirib tiking do’ppi.

Kuzda teriladi,
Poyasi uriladi.

Quyoshdan nur olar,
Oppoq bo’lib ochilar,
Oqqushdayin kerilar,
Qo’limizda terilar.

Undan olinar sovun,
Olinadi ip,mato,
Foydalanamiz har kun,
Javobin top behato.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий