Exinokokkoz kasalligi bolalarga itlardan yuqadimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Exinokokkoz kasalligi bolalarga itlardan yuqadimi?

Exinokokklar sestodozlar oilasiga mansub parazitlar bo’lib, zararlangan odamning asosan jigar, o’pka, buyrak, miya va boshqa organlarda parazitar kistalar paydo qiladi.

Kasallikning asosiy manbai ham qo’zgatuvchining asosiy xo’jayini ham itlar hisoblanadi. Kasallik bolalarga asosan itlardan yuqadi.

Yetilgan tuxumlari hayvon fekaliysi(najasi) bilan tashqi muhitga ajlaradi. Kasallik bolalarga to’g’ridan-to’g’ri kontant yo’li bilan, ya’ni silash yoki erkalash paytida yoki parazit tuxumlari bilan zararlangan ko’kat yoki mevani yeyish va zararlangan suvni ichishi orqali yuqishi mumkin.

❗️Kasallikni oldini olish choralari:
-bolalarni hayvonlar ayniqsa itlar bilan kontaktda bo’lishini oldini olish.
-shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilib, ovqatdan oldin qo’llarni yaxshilab sovunlab yuvish.
-ko’kat va mevalarni yuvib iste’mol qilish, suvni esa qaynatib ichish tavsiya etiladi.

© Doctor Muxtorov

Оставьте комментарий