MA’MURIY JARIMANI 15 KUN ICHIDA TO‘LASH BO‘YICHA SODDAROQ TUSHUNTIRISH

DO`STLARGA ULASHING:

❗️MA’MURIY JARIMANI 15 KUN ICHIDA TO‘LASH BO‘YICHA SODDAROQ TUSHUNTIRISH
📄 Habaringiz bor, bugun e’lon qilingan PQ-99-son Prezident qarorida 2023 yil 1 maydan boshlab ma’muriy jarimani 15 kun ichida to‘lagan shaxsga 50 foiz chegirma berilishi, 30 kun muddatda to‘lagan shaxslarga 30 foiz chegirma berilishi belgilanmoqda.
❗️Bu nima degani ? Bu tartib amalga kiritilganidan keyin 3 ta muxim o‘zgarish bo‘ladi.
🟢 Birinchisi,
xozirgi kunda ma’muriy jarimani 15 kun ichida to‘lasangiz Sizga 30 foizlik chegirma berilmoqda to‘g‘rimi? 15 kundan o‘tib ketsa chegirma yo‘q. Mazkur qoidaga ko‘ra esa, Siz 15 kunda emas, 30 kun ichida jarimani to‘lasangiz xam xozirgidek 30 foizlik chegirmaga ega bo‘laverasiz. Demak, bu muddat 15 kundan 30 kunga uzaytirilmoqda.
🟢 Ikkinchisi,
agar Siz Sizga qo‘llanilgan ma’muriy jarimani 1 maydan boshlab 15 kun ichida to‘lasangiz Siz endi 30 foiz emas, 50 foiz chegirma bilan to‘laysiz. Ya’ni, agar Sizga biryarim million jarima kelgan bo‘lsa 15 kun ichida 750 ming to‘lab jarimani yopishingiz mumkin.
🟢 Uchinchisi,
1 maydan boshlab Sizga sudlar tomonidan qo‘llanilgan jarimalarni xam yuqoridagi muddatlarda to‘lash orqali 30 yoki 50 foiz chegirmaga ega bo‘lishingiz mumkin. Hozirgi kunda Sizda bunday imkoniyat yo‘q. Ya’ni, Sizga sudlar tomonidan jarima qo‘llaniladigan bo‘lsa xech qanday chegirmasiz 100 foiz to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Birinchi maydan esa sud qarorlari asosida qo‘llanilgan jarimalarni xam yuqoridagi chegirmalardan foydalangan holda to‘lash mumkin bo‘ladi.

✏️ Yana takrorlaymiz! Bu qoidalar 1 maydan boshlab amalga kiritiladi. Bugundan boshlab,— jarima maydoniga qo‘ysa qadam, 50 foizini to‘larkan odam deb YPX hodimlari bilan tortishib yurmanglar yana…

Оставьте комментарий