Fudziyama tog’i, Yaponiya

DO`STLARGA ULASHING:

Fudziyama tog’i, Yaponiya 🇯🇵

Fudziyama – (aynlar tilida Fudzi — olov maʼbudasi, yaponcha yama — togʻ) — Xonsyu orolidagi soʻnmagan vulqon, Yaponiyadagi eng baland choʻqqi (3776 m). Fudziyama Yevrosiyodagi ikkinchi eng baland vulqon (undan oldingi o’rinda Klyuchi Sopkasi keyingi o’rindi esa Sumatra orolidagi Kerinchi vulqoni). Fuji Tokio shahridan taxminan 100 km janubi gʻarbda joylashgan. Fudziyama asosan bazalt va andezit lavalaridan tuzilgan. Soʻnggi bor 1707—1708 yillarda otilgan. Krateri toʻgʻri konus shaklida, diametri 700 m, chuqurligi 250 m. Yilning 10 oyida muz bilan qoplanib yotadi. Yonbagʻirlarida doimiy yashil oʻrmon va butazorlar, tog’ tepasida esa tundra iqlim sharoiti shakllangan. Fudziyama yaponlarning muqaddas togʻidir. Turistlar koʻp boradi.

Оставьте комментарий