NAVOIYNI O’QIGANLAR

DO`STLARGA ULASHING:

NAVOIYNI O’QIGANLAR
????????
Birovdan hech kam bo’lmaydi,
Ko’zlarida nam bo’lmaydi,
Hayotida g’am bo’lmaydi,
Navoiyni o’qiganlar.
????????
So’zlarida bo’lar ma’no,
Baholari bo’lar a’lo,
Har bir so’zi dono-dono,
Navoiyni o’qiganlar.
????????
Otasining izi bo’lar,
Onasining qizi bo’lar,
Tilda shirin so’zi bo’lar,
Navoiyni o’qiganlar.
????????
Ustozini e’zozlaydi,
Keksa,yoshni ham sizlaydi,
Yetti o’lchab, so’ng sozlaydi,
Navoiyni o’qiganlar.
????????
Vatan so’zi tushmas tildan,
Tabiatni sevar dildan,
Adashmaydi hech vaqt yo’ldan,
Navoiyni o’qiganlar.
????????
RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho’l tumani

Оставьте комментарий