Global isish tufayli eng birinchi yo’q bo’lib ketadigan mamlakat

DO`STLARGA ULASHING:

Global isish tufayli eng birinchi yo’q bo’lib ketadigan mamlakat

Muzliklarning shiddat bilan erishi va dengiz sathining koʻtarilishiga sabab boʻlayotgan global isish yaqin kelajakda orollar hududida joylashgan bir nechta mamlakatlarning yoʻq boʻlib ketishiga olib keladi. Maʼlumotlarga koʻra, global isish oqibatida tez orada uchta mamlakat – Kiribati, Tuvalu va Marshall orollari yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Ushbu mamlakatlarning barchasi Tinch okeanida joylashgan.

Glazgodagi BMT sammitida ishtirok etgan Ekologik nodavlat tashkilotlar global tarmogʻi koordinatori Peleniza Alofaning aytishicha, orol mamlakatlar ayni vaqtda tropik dovullarga duch kelmoqda. Ular qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazishdan tashqari, uylarni xarob qilib, odamlar hayotiga xavf solyapti.
Glazgoda iqlim oʻzgarishlariga bagʻishlangan BMT sammitida ishtirok etgan Kiribati prezidenti Anote Tong global isish mamlakat uchun qanchalar xavfli ekanligini taʼkidlab oʻtgan.

Оставьте комментарий