Kazinoda eng katta yutuq summasi qancha bo’lgan?

DO`STLARGA ULASHING:

Kazinoda eng katta yutuq summasi qancha bo’lgan?

2003-yili mart oyida Los-Andjelesdan 25 yoshli muhandis sevimli basketbol jamoasini qo’llab-quvvatlash uchun Las-Vegasga keldi. O’yin boshlanishidan oldin u sal vaqt o’tkazish uchun Excalibur kazino markaziga keldi.

Yigit o’yin mashinalariga o’tirdi va tokenlarni birin-ketin tashlab jami $100 pul tikdi. To’satdan ekranda «jekpot» so’zi paydo bo’ldi va bu yutuq summasi $39 713 982,25 ni tashkil etdi. Bu jekpot ushbu kazino markazining oylik o’rtacha daromadiga teng edi.

G’olib o’z ismini sir saqladi va u kazino tarixida Los-Andjeleslik yosh muhandis nomi bilan mashhur. Kazino g’olibga yutuq pulini birdaniga bermasdan har oy hisobiga $1,5 mln dan o’tkizishga kelishdi.

Оставьте комментарий