Hanzala ibn Abu Omir

DO`STLARGA ULASHING:

 Tarixda «G‘asilul malaika» ya’ni farishtalar yuvintirgan inson nomli buyuk sahobiy o‘tganlar. Keling hozir mana shu buyuk inson bilan yaqindan tanishib olamiz.
Bu zotning to‘liq ismlari Hanzala ibn Abu Omir ibn Soyfiy Al-ansoriy bo‘lib Avs qabilasidan edilar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelganlarida o‘z qavmlari bilan birga Islomga kirganlar.
Munofiqlar boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay ibn Salulning qizi Jamilaga uylanganlar. Ayollari ham o‘zlariga o‘xshab Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iymonida sodiq insonlardan edi. Hanzala roziyallohu anhu yosh bo‘lishlariga qaramay juda taqvodor va dovyurak inson edilar.
 Otalari esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirmay bu dunyodan o‘tgan.
Keling Hanzala roziyallohu anhuning otasi Abu Omir bilan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning uchrashuvlariga nazar tashlaylik.
Otalari hali islom dini kelmasidan oldin ahli kitobning ulamolaridan ilm olib, «Hali oxirzamon payg‘ambari chiqadi. Uning mana bunday, mana bunday sifatlari bor», deb yurardi. Johiliyat davrida uni Abu Omir Rohib, deb atashgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilganlarida U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Muhammad! Sen olib kelgan narsa nima?», dedi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Ibrohim alayhissalomning sof dini», dedilar. Abu Omir: «Men ham shu dindaman», dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Sen bu dinda emassan», dedilar. Abu Omir: «Nima, sen bu sof dinga unda bo‘lmagan narsani kiritdingmi?», dedi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q. Men bu dinni sof va pok holatda olib keldim», dedilar. Shunda Abu Omir: «Alloh yolg‘on gapirgan odamni yolg‘iz va tashlangan holda cho‘ktirib o‘ldirsin», deb duo qildi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Omin!», dedilar. Abu Omir: «Qaysi qavm senga qarshi urushsa, o‘shalarga qo‘shilib sen bilan urushaman», deb ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni «Abu Omir Fosiq», deb atadilar. O‘sha kundan boshlab uni Abu Omir Rohib, deb emas, Abu Omir Fosiq, deb atashadigan bo‘lishdi.
Shundan keyin Abu Omir Makka mushriklariga borib qo‘shildi va musulmonlarga qarshi Uhud jangida ishtirok etdi.
 Makka fath qilinganda, Rumga qochib Hiraqilning oldiga bordi va ko‘p o‘tmay begona yurtda cho‘kib o‘ldi.
Otasining Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirmasdan Islomga dushman bo‘lganidan Hanzala roziyallohu anhu iztirob chekardilar. Xuddi shu iztirob u kishining qaynog‘alari Abdullohda ham bor edi. Chunki uning otasi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yuzaki iymon keltirgan munofiq edi.
Hanzala roziyallohu anhu Uhud g‘azotida dinni himoya qilib jon taslim qildilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir ajib holatni guvohi bo‘ldilar va sahobalariga:«Borib Hanzalaning ayolidan so‘ranglarchi, Hanzala Uhudga chiqishidan oldin qay holatda edi», dedilar. Hanzalaning ayoli Jamila so‘rab kelgan sahobalarga: «Jarchi Uhudga chaqirganda, u kishi junub holatda edilar. Kech qolmay, deb g‘usl qilmasdan chiqib ketgan edilar», dedi. Bu xabar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yetib kelganda, U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ha shu uchun ekan. Men Hanzalani kumush idishda yomg‘ir suvi bilan yuvayotgan farishtalarni ko‘rdim», dedilar.
Alloh bu buyuk sahobadan rozi bo‘lsin!
Vasila Muslim.uz

20 комментариев к “Hanzala ibn Abu Omir”

  1. Уведомление: good shop dumps

  2. Уведомление: cvv for amazaon

  3. Уведомление: 케이웨이브컴퍼니

  4. Уведомление: devops companies

  5. Уведомление: Rogue Company hacks

  6. Уведомление: where to get psilocybin mushrooms​

  7. Уведомление: buy one up mushrooms bar

  8. Уведомление: sbobet

  9. Уведомление: cornhole board

  10. Уведомление: price of mushrooms online africa

  11. Уведомление: 토토휴게소

  12. Уведомление: สร้างเว็บไซต์

  13. Уведомление: DMT Vape Pens For Sale Victoria

  14. Уведомление: blog

  15. Уведомление: buy 4-aco-dmt online jobs in cameroon,

  16. Уведомление: goede zweefparasol kopen

  17. Уведомление: briansclub at

  18. Уведомление: mushroom shops in oregon​

  19. Уведомление: magic mushrooms dispensary colorado

  20. Уведомление: faceless niches

Комментарии закрыты.