Hayit namozi qachon o‘qiladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ramazon hayitini nishonlash toʼgʼrisida»gi qarori imzolandi. Qarorga muvofiq, Oʼzbekiston musulmonlari idorasining Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may yakshanba kuniga toʼgʼri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.
“Ezgulik, saxovat va muruvvat oyi boʼlgan muborak Ramazon oyi bu yil mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli uyda, oila davrasida, oʼzaro ahillik va hamjihatlik muhitida munosib oʼtkazilmoqda. El-yurtimiz turli sinov va qiyinchiliklardan yanada kuchli va qudratli boʼlib oʼtgan holda, muqaddas Ramazon hayitini ertangi kunga katta ishonch va xursandchilik bilan kutib olmoqda.
Ushbu ulugʼ ayyomning xalqimiz maʼnaviy hayotida tutgan oʼrni, uning jamiyatimizda saxiylik, shukronalik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi ahamiyatini inobatga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulugʼlash maqsadida Oʼzbekiston musulmonlari idorasining 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may – yakshanba kuniga toʼgʼri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2020 yil 24 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlansin”, deyiladi qaror matnida.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmita hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʼtishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan.

10 комментариев к “Hayit namozi qachon o‘qiladi?”

  1. Уведомление: best carding forum

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: cc seller

  4. Уведомление: sportsbet

  5. Уведомление: beginner passive income

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: DuroMax Portable Generator

  8. Уведомление: sig mcx

  9. Уведомление: wapjig.com

  10. Уведомление: Get More Info

Комментарии закрыты.