Homilador ayolning tishi og‘risa…

DO`STLARGA ULASHING:

Ertaklarda kichkintoylarga “tishcha”larni sehrgar olib keladi, hayotda esa bu vazifani bo‘lajak ona bajaradi. Axir, homilador ayol ikki insonning sog‘lig‘iga javobgar bo‘ladi. Homiladorlikning 40-kunidan boshlab, tug‘ilajak bolaning tishlari shakllana boshlaydi. Ularning mustahkam va sog‘lom bo‘lishi, asosan, bo‘lajak ona tishlarini to‘g‘ri parvarish qilishiga hamda uning salomatligiga bog‘liq bo‘ladi.

Homilador ayolning tishi og‘risa…
Homilador ayolning tishi og‘risa…

“Uchta tishim qurbon bo‘ldi…”

Homilador ayollarning tishlari bilan bog‘liq muammo shifokorlarni doim tashvishga solgan. Kariyes bilan kasallanish xavfi 18-20 yoshida birinchi farzandini dunyoga keltirgan ayollarda 3,6 foiz bo‘lsa, 21-25 yoshlarda tuqqanlarda 5,4 foizni tashkil qiladi. Ilk farzandini 26-30 yoshida bag‘riga bosganlarda kariyes xavfi 2,4 foiz, 31-35 yoshda tuqqanlarda esa 2,9 foizdir. Ikkinchi homiladorlik vaqtida bu xavf 2,3-3,5 foizga ortadi, uchinchisida esa 0,4-,4-1 foiz qo‘shiladi. Bir qaraganda, bu raqamlar u qadar ham vahimali emas, biroq homilador bo‘lgunga qadar ko‘pchilik ayollarning tishlarida 90 foiz kariyes bo‘ladi. Ikkinchi homiladorlikdan so‘ng bu ko‘rsatkich 96 foizga yetadi, uchinchi farzandni dunyoga keltirgach esa onaning tishlari 100 foiz kasallanib bo‘ladi. Farzandli bo‘lmagan ayollarning o‘rta hisobda oltita tishi shikastlangan bo‘lsa, farzandli ayollarning esa o‘ndan ortiq tishini davolash shart.

“Har bir farzand uchun uchta tishing qurbon bo‘ladi”, degan gap behuda aytilmagan ekan, deyishingiz mumkin. Lekin har bir ayol homiladorlik davri hech bir yo‘qotishlarsiz o‘tishini istaydi. O‘ttiz ikkita durimizni omon saqlash o‘z qo‘limizda ekanligini bilasizmi? Asosiy qoida shuki, stomatolog ko‘rigiga 6 oyda bir marta borish shart. Biz esa nima qilamiz?! Tuni bilan tishimiz og‘rib, lunjimiz shishib ketganidan keyingina stomatolog shifokor borligini eslaymiz.

Eng xatarli palla

Bo‘lajak onalarda milk va tish bilan bog‘liq muammolarning yuzaga kelishiga immunitet pasayishi hamda so‘lakda bakteriyalarga qarshilik xususiyati kamayishi sabab bo‘ladi. Bunday qulay sharoitdan foydalanib, zararli bakteriyalar ko‘paya boshlaydi. Tish orasida qolib ketgan ovqat qoldiqlari ularga yanada ko‘proq yordam beradi. Natijada, mikroblar tish emaliga yopishib, unda zararli moddalar qatlami yuzaga keladi. Homilador ayollar organizmi shundoq ham zaif bo‘lib turganida tishdagi muammolar kariyes bilan kasallanish ehtimolini oshiradi.

ЎҚИНГ:   Qachon o‘g‘il bolani kestirish (xatna qildirish) lozim?

Homiladorlikning 6-haftasida kichkintoy tishlari shakllana boshlaydi, muddat kattalashgani sari ular yanada faolroq o‘sadi. Bularning barchasi kalsiy moddasini talab qiladi. Agar bo‘lajak ona organizmida kalsiy zaxirasi bo‘lmasa, homila uning tishlaridan o‘ziga kerakli elementlarni so‘rib ola boshlaydi. Shundan keyin ular ham yemiriladi. Bu kabi salbiy oqibatlar yuz bermasligi uchun homilador ayol bir kunda 1500 mg. kalsiy qabul qilishi kerak.

Albatta, bo‘lajak ona farzandi uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi, hattoki o‘z sog‘lig‘ini qurbon qilishga ham. Lekin ona o‘z suyagi va tishlaridagi kalsiyni farzandiga berayotganida ham bu modda uning o‘ziga kerakli miqdorda mavjud bo‘lmaydi. Oqibatda esa bolakaydagi sut tishlarining emali yupqa hamda raxitga moyil bo‘lishi mumkin. Qolaversa, onani yaqin kelajakda kariyes va osteoporoz kutayotgan bo‘ladi.

Maslahat: Ayol stomatologik salomatligiga homiladorligining 6-haftasida katta e’tibor berishi lozim. Bu vaqtda bolaning suyaklari va tishlariga ta’mal toshi qo‘yiladi. Shuningdek, mazkur davrda bo‘lajak onalarni tishlari bezovta qila boshlaydi — o‘ta sezuvchan va mo‘rt bo‘lib qoladi.

Gingvitga qarshi choralar

Milklarning yallig‘lanishi gingvit sanaladi. Xuddi tish kabi milklar uchun ham homiladorlikning 9 oyi og‘ir kechadi. Bu vaqtda milk bo‘sh, shishgan va kasallikka moyil bo‘lib qoladi. Milk qonashiga ba’zan uning shilliq qavatiga tish shyotkasini tekkizishning o‘zi kifoya. Gingvitning yuzaga kelishiga yana o‘sha immunitet pasayishi va so‘lakning bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyati yo‘qolishi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari A (retinol) hamda S (askorbin kilotasi) vitaminlarining kamayishi ham ahamiyatga ega.

Maslahat: milklar yanada mustahkam bo‘lishi uchun og‘iz bo‘shlig‘ini iste’mol sodasi yoki vodorod pereksidida (u yoki bu moddadan bir choy qoshiq va bir stakan qaynagan suvli aralashma) chayish tavsiya etiladi.

Shirinlikka ruju qo‘ymang!

Imkon qadar shirin, unli va kraxmalli yeguliklardan o‘zingizni tiying. Shokoladlar, qovurilgan kartoshka va bulochkalar kariyes hamda milk kasalliklarini keltirib chiqaradi!

ЎҚИНГ:   Onada allergiya bo‘lsa, nima qilish kerak?

Kalsiyni qayerdan topish mumkin?

Bu kerakli mineral modda baliq go‘shti, qattiq va oq pishloq, konservalangan sardina, bodom, selderey, sut, petrushka, bargak, yogurt, piyoz, smetana, kungaboqar, ismaloq, tvorog, salat bargi, tuxum va sabzida ko‘p bo‘ladi.

Shuningdek, tarkibida kalsiy va fosfor bo‘lgan vitaminlarni qabul qiling. Yana qaynatilgan tuxumning po‘stlog‘idan ham foydalansa bo‘ladi. Buning uchun uni quruq tovada qovurib, maydalash kerak. Tayyor bo‘lgan kukunni birinchi yoki ikknchi taomga qo‘shish hamda o‘zini suv bilan ichish mumkin. Kuniga 2-3 mahal 0,3-0,5 grammdan qabul qilish lozim.

Milklar ham uqalanadimi?

Bir kunda bir marta xoh ertalab, xoh kechasi milklarni yumshoq tish shyotkasida uqalashni odat qiling.

Oddiy tish shyotkasini yumshatish uchun 50 daraja haroratli issiq suvda chaying va barmoqlaringiz bilan shyotkani yanada yumshating.

Og‘iz bo‘shlig‘ini suv bilan chaying. Milklarni uqalash jarayonida tish shyotkasini tez-tez suvda namlash lozim.

Avvaliga milklarning tashqi tarafini, keyin esa til va tanglay qismlarini uqalang. So‘ng sekin-astalik bilan silang. Uqalash harakatlarini 2-3 daqiqa davom ettiring. Yaxshisi, bu yumushni qo‘shiq eshitib bajargan ma’qul, chunki bir ashulaning davomiyligi kamida 3 daqiqa bo‘ladi.

So‘ng o‘simlik yog‘iga bosh barmog‘ingizni botirib, o‘sha barmoqda milklarni uqalang. Bu muolajadan so‘ng moychechakli iliq damlamada og‘iz bo‘shlig‘ini chaying.

O‘z sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang, axir, ikki inson uchun javobgarsiz!

Ushbu maqolani ham o‘qing: Homiladorlikda qanday yotish kerak?

Ekspert: Shirin OBIDOVA, ctomatolog.

Junalist: Dilnoza MIRTOLIPOVA.

Manba: “Sug‘diyona” gazetasi.

16 комментариев к “Homilador ayolning tishi og‘risa…”

  1. Уведомление: Mimoinen Kuuluu Olla Eka Seksi Kerta

  2. Уведомление: click to investigate

  3. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  4. Уведомление: HOTTE TV

  5. Уведомление: nova88

  6. Уведомление: maxbet

  7. Уведомление: สินเชื่อที่ดินแลกเงิน

  8. Уведомление: sbobet

  9. Уведомление: Dark Net

  10. Уведомление: prevent screenshot

  11. Уведомление: read more

  12. Уведомление: ฝาก ถอนเงิน สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  13. Уведомление: pg slot

  14. Уведомление: 카드단말기

  15. Уведомление: โรงแรมสุนัขเข้าได้

  16. Уведомление: superkaya slot

Комментарии закрыты.