So‘zak ( Gonoreya ) – yuqish yo’llari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

DO`STLARGA ULASHING:

Yuqish yo‘llari

Gonokokk bakteriyasi asosan jinsiy aloqa orqali yuqadi.

  • Vaginal;
  • Oral;
  • Rektal.

Gonokokk bakteriyasi tirik organizmdan tashqarida 4 soatdan uzoq yashamaydi. Shuning uchun boshqa yuqish yo‘llari orqali yuqmaydi. Odamda yetarli miqdorda bakteriyalar tushmasa kasallik yuzaga kelmaydi. Bu esa gonoreyaning idish-tovoqlar, suv havzalari va boshqa vositalar orqali yuqishini inkor etadi. Ko‘pchilik hollarda tug‘ruq davomida chaqaloq zararlanishi mumkin. Bunda gonokokkli konyuktivit yuzaga keladi.

Yodda tuting! Gonoreya bilan zararlangan partnyor bilan jinsiy aloqa qilinganda 90 % erkaklar, 35 % hollarda ayollar zararlanishi mumkin. Bu holar erkak va ayol organizmlarining organlari tuzilishidagi farqlar bilan tushuntiriladi.

Gonoreya belgilari

Yashirin davri 3 kundan 1 oygacha ko‘pincha 2 haftagacha davom etadi. Klinik kechuviga ko‘ra surunkali gonoreya – 60 kundan ko‘proq, o‘tkir bosqichi esa – 2 oygacha bo‘lgan muddatda bo‘ladi.

Gonoreyaning birlamchi belgilari:

  • Peshob ajratish vaqtida og‘riqlar;
  • Achishish;
  • Qichishish;
  • Yiringli ajralmalar.

Hozirgi kunda gonoreya atipik klinik ko‘rinishlarni namoyon qilmoqda. Ayollardagi gonoreya: 70 % hollarda gonoreya – belgilarsiz rivojlanishi mumkin. Shuning uchun ayollarda ko‘pincha quyidagi shikoyatlar uchraydi.

  • Qin ajralmalari (quyuq, oq yoki yashil rangda);
  • Qorinning pastki sohasida og‘riq;
  • Hayz sikliga bog‘liq bo‘lmagan qon ketishlar.

Gonoreyaning belgilari odatda hayz kunidan oldin boshlanadi. Ko‘pincha servitsit, vaginit, proktit ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Gonokokli servitsit, vaginit, kasalliklarida dizuriya, qorinning pastki va yon sohalarida og‘riqlar kuzatiladi. Bu belgilar 10 kun davomida kuzatilishi mumkin.

Har 5 ta ayolning bittasida bakteriyalar jinsiy organlarga tarqalishi aniqlangan. Bu holat kasalda endometrit, salpingit kasalliklarini keltirib chiqaradi. Salpinigit kasalligidan so‘ng bepushtlik (Fallo naylarining chandiqlanishi), ektopik va bachadondan tashqi homiladorlik kabi nojo‘ya asoratlarga olib keladi.

Eslab qoling! Gonoreya organizmda tarqalish davomida yurak, bo‘g‘imlar, teri, buyrak, bosh miya, mushaklar, jigar, suyaklar kabi organlarni zararlashi mumkin.

ЎҚИНГ:   Homiladorlik va 9 ta kasallik: qanday himoyalanish kerak?

Gonoreyaning umumiy belgilari:

  • Ko‘ngil aynishi;
  • O‘zini yomon his qiladi;
  • Qorinning pastki sohasida og‘riq;
  • Ich ketish;
  • Subfebril harorat;
  • Hayz siklining buzilishi.

Erkaklarda asosiy belgi erkaklik olatidan ajraladiga oq yoki sariq rangli ajralmalardir. Agar kasallik o‘z vaqtida davolanmasa bakteriya urug‘dongacha yetib borishi mumkin. Erkaklarda asosiy klinik belgisi bu – uretrit. Uretrit jinsiy aloqadan 2-5 kundan so‘ng paydo bo‘ladi. Bemor erkaklar peshob ajralishidagi o‘zgarishlardan shikoyat qiladi. Bunda ajralmalarning tarkibini xlamidioz ajralmasidan farqlash zarur. Odatda birinchi bosqichda shilliq, keyinchalik yiringli ajralmalar harakterli bo‘ladi.

E’tibor qiling! Ko‘p hollarda erkaklarda gonoreya belgilarsiz rivojlanadi. Shuning uchun erkaklar asosiy tashuvchi hisoblanadi.

Gonoreya kasalligini tashxislash

Shifokor ko‘rigi: Shikoyatlar eshitilib, shifokor vizual tekshiruvlar qiladi. Ginekolog bimanual va oyna orqali yallig‘lanish belgilari: qinning shilliq qavati giperemiyasi, servitsit, yiringli ajralmalar ko‘radi. Venerolog ko‘rigida uretrit va yiringli ajralmalar aniqlanadi.

Laboratoriya tashxisi

Ajralmalar taxlili, uretradan gonoreya tashxisi uchun surtma olish

Bachadon bo‘yni, halqum, to‘g‘ri ichak, qindan ajralmalarni laboratoriya sharoitida ekish. Bu aniq tashxis qo‘yish imkonini beradi. 7 kun davom etishi mumkin. Asosan ayollar goneryasi uchun o‘tkaziladi.

Polimeraza zanjir reaksiyasi. Bunda infeksiyaning DNK si aniqlanadi. Bu tashxis 1-2 kunda aniqlanadi. 95 % hollarda aniq tashxis qo‘yish imkonini beradi.

Muhim! Analiz uchun olingan surtma ayollarda 60 %, erkaklarda 90 % aniq tashxis qo‘yish imkonini beradi.

Gonoreya davosi

Muhim! Agar gonoreya bilan zararlanish ehtimoli bo‘lsa, o‘z holicha davolanish mumkin emas. Davolash faqat shifokor nazoratida o‘tkazilganligi ma’qul. Gonoreyaning asoratlari bepushtlik va jinsiy zaiflikka olib kelishi mumkin.

Davolash antibiotiklar sefalosporin, ftorxinolon guruhlari bilan olib boriladi. Agar antibiotiklarga allergiya holati aniqlansa, sulfanilamid preparatlari buyuriladi. Bu preparatlar bilan immun preparatlari birgalikda qo‘llaniladi. Davolash kursi tugagandan so‘ng qaytadan gonokokk uchun surtma olib tekshirish kerak.

ЎҚИНГ:   Xlamidioz bepushtlik sababchisimi?

Davolash davomida shifokor quyidagi ko‘rsatmalarni ham berib borishi zarur:

  • shaxsiy gigiyena qoidalariga qatiiy rioya qilish;
  • hojatxonadan so‘ng qo‘lni yaxshilab yuvish;
  • davolash kursi davomida ko‘proq suyuqliklar ichish;
  • jinsiy yo‘llardan ajraladigan ajralmalar paytida jinsiy aloqa qilmaslik;
  • kunlik ovqat tarkibida o‘tkir, sho‘r, spirtli ichimliklarni cheklash;
  • umumiy basseynda cho‘milmaslik;
  • og‘ir jismoniy ishlarni chegaralash.

Erkaklarda gonoreyani urolog yoki venerolog, ayollarda esa genikolog shifokor davolashi zarur.

E’tibor qiling! Bemor davo kursi davomida shifokorning barcha ko‘rsatmalariga rioya qilish kerak.

Gonoreyani oldini olish

  • Jinsiy aloqa partnyorini o‘zgartirmaslik;
  • Prezervativlardan foydalanish;
  • Birlamchi belgilar kuzatilganda shifokorga murojat qilish zarur.

21 комментарий к “So‘zak ( Gonoreya ) – yuqish yo’llari, belgilari, tashxislash va davolash usullari”

  1. Уведомление: dumps shop + Pin

  2. Уведомление: cvv dumps online

  3. Уведомление: Lilypiink Chaturbate

  4. Уведомление: DevOps Consulting Firm

  5. Уведомление: https://krajowy.biz/

  6. Уведомление: maxbet

  7. Уведомление: velocity in agile scrum

  8. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์ โอนเข้าบัญชี ได้จริง

  9. Уведомление: sbo

  10. Уведомление: 토토사이트추천

  11. Уведомление: Pursuing financial independence

  12. Уведомление: Alexa Nikolas Michael Gray

  13. Уведомление: buy viagra

  14. Уведомление: mushroom chocolate bars crunch

  15. Уведомление: Springfield emissary

  16. Уведомление: mushroom chocolate cookie

  17. Уведомление: website link

  18. Уведомление: Get More Info

  19. Уведомление: เว็ปพนันออนไลน์

  20. Уведомление: 티비위키

  21. Уведомление: Dark net

Комментарии закрыты.