Homilador boʻlish uchun nima qilish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Albatta homiladorlikni qanday rejalashtirish borasida juda koʻp tavsiyalar aytilgan. Koʻpincha ovulyatsiya kunini aniqlashga urinish, haddan koʻp ultratovush tekshiruvi oʻtkazish, bazal haroratni oʻlchayverish, jinsiy munosabatlarda maʼlum shaklda bajarish va h.k. kabi harakatlar qaytaga koʻp bezovta boʻlishga, “boʻlarmikan, boʻlmasmikan” kabi shubhalarni orttirishga, ortiqcha tashvishga qoʻyadi. Bu esa nafaqat ayol kishi balki erkak kishining ham organizmiga hamda reproduktiv tizimga aloqador gormonlarning muvozanatli ishlashiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Homilador boʻlish uchun nima qilish kerak?
Homilador boʻlish uchun nima qilish kerak?

Qachon homilador boʻlish ehtimoli koʻproq?

Qachon homilador boʻlish ehtimoli koʻproq?” degan savolga psixologlar ham, ginekologlar ham “qachon ayol homilador boʻlishi haqida kamroq oʻylagan boʻlsa” deb javob berishadi. Chunki ayol kishi homilador boʻlishi haqida oʻylasa, darrov nimalardir qilib ehtiyot choralari koʻrishni boshlaydi. Holbuki organizm oʻzi shunga koʻra tegishli oʻzgarishlar va moslashishlarni ayol kishi istamasa ham amalga oshiradi.

Dunyo boʻyicha ulkan miqdordagi abortlar buning isboti. Abort koʻpincha istalmagan homiladorlik natijasida qilinadi. Yaʼni ayol kishi homilador boʻlishni istamagan, yoki bu haqida oʻylamagan.

Shuning uchun ham homilador boʻlishni istagan ayol bu haqida koʻp oʻylayvermasligi kerak. Albatta niyat va duo qilib soʻrashi lozim. Ammo hirs bilan emas, shukr, qanoat va xotirjamlik tuygʻusi bilan harakat qilish zarur. Har gal oʻylayverish, bu oy kelarmikan hayzim, kelmasmikan, nega unday boʻldi, nega bunday boʻldi deb chuqur ketib bezovtalanish salbiy taʼsiri qiladi ruhiyatga va oʻz navbatida organizmga ham.

Aksincha yaxshi niyat qilish, homilador boʻlish haqida koʻp oʻylamaslik kerak. Homilani yaratuvchi zot unga onasidan ham mehribonroq ekanini unutmaslik, va hadeb tushib qolmasmikan degan xavotirlarga berilmaslik kerak. Shifokorlarda bir hazil gap bor. “Sogʻlom odamlar emas, tekshirilmagan odamlar bor”. Yaʼni tekshiruv oʻtkazilsa hammada ham qandaydir kasallik borligi yuzaga chiqadi, degan maʼnoda. Jumladan, farzand koʻrishga toʻsqinlik qilayotgan omillar ham shunday.

ЎҚИНГ:   Bachadon bo‘yni eroziyasi

“Kasal emasmikanman…?!”

Koʻpincha hissiyotli ayollar homilador boʻlolmayotgani uchun unda nimadir kasallik boʻlsa kerak degan oʻyga boradi. Shifokor ham undagi bu shubhani quvvatlab goʻyo davolash muolajasi oʻtkazadi. Ammo muolajadan keyingi oylarda homiladorlik yuzaga kelmasa, ayolning ong ostidagi yana oʻsha eski “homilador boʻlolmayapman, demak menda nimadir bor” degan dastur ishga tushadi. Demak uni yaxshi davolashmagan degan tushuncha quvvatlanadi va yana boshqa bir shifokorga boradi. Yana yangi tekshiruv, yana yangi davolash muolajalari. Shunday qilib chiqib boʻlmas doira ichida aylanib yuradi.

Toʻgʻri, albatta farzand koʻrishga toʻsqinlik qiluvchi obyektiv tibbiy sabablar (bachadon naylari yopiqligi, anovulyatsiya, sperma sifati pastligi kabi) bor. Biz hozir soʻz yuritayotgan masala bunday sabablar boʻlmagan, faqat ayrim tekshiruvlar natijasida, turli xil yondashuv oqibatida kelib chiqadigan xulosalar boʻlgan holatlar haqida ketyapti. Xuddi yarim stakan suvni kimdir yarmi boʻsh deb talqin qilsa, kimdir yarmi toʻla deb talqin qilgani kabi.

Xulosa qilsak, bunday vaziyatlarda tavsiyamiz, homilador boʻlish uchun homiladorlik haqida koʻp oʻylamang. Moʻtadil va muntazam jinsiy munosabatlarni olib boring. Qancha kam oʻylasangiz va qancha kam kutsangiz, shunda homiladorlik tezroq yuzaga keladi. Yaʼni “mayli bu oy boʻlmasa, boʻlmapti−da, xayrlisi shudir, nasib boʻlsa keyingi oy boʻladi” degan tushuncha bilan salbiy natijani ham xush qabul qiling. Ijobiy oʻy−fikr, qanoat va yaxshi niyat bilan ruhiyatni bir maromda tuting. Tekshiruvlardan oʻtishga toʻgʻri kelsa oʻting, ammo ularga qarab diqqatingiz taqalib qolmasin.

Jiddiy sabablarsiz homilador boʻlolmayotgan juftliklar uchun tavsiyalar

Endi jiddiy muammosi boʻlmagan, ammo nima sababdir homilador boʻlolmayotgan juftliklarga baʼzi tavsiyalarimiz.

  • Ichkilik va chekish kabi salbiy odatlarni tashlang (bu erkak va ayolga ham bir xilda tegishli);
  • Polivitaminlar qabul qiling, ayniqsa foliy kislota yetarli miqdorda boʻlsin (400 mkg). Bu bolada homilada rivojlanish nuqsonining oldini oladi;
  • Surunkali kasalliklaringiz boʻlsa, shifokorga murojaat qiling. Homiladorlik paytida biror taʼsiri bormi aniqlashtiring. Stomatolog va terapevtga murojaat qilgan maʼqul. Qolgan mutaxassislarga ehtiyojga qarab;
  • Ginekolog qabuliga kiring. Surtma (mazok) tahlili va UTT tekshiruvidan oʻting. Yaxshisi hayz davrining ikkinchi yarmida borgan maʼqul. Shunda ovulyatsiya boʻlayotgani va “sariq tana” qanday ishlayotganini bilish mumkin boʻladi. Unutmang, ayolda ovulyatsiya har oyda ham boʻlavermaydi. Agar bu koʻrikda boʻlmagan boʻlsa, xavotir olmang, oʻsha boʻlmagan paytga toʻgʻri kelib qolgan boʻlishi mumkin.
  • TORCH– infeksiya tahlili oʻtkazib koʻrish mumkin;
  • Imkon boʻlsa kolposkopiya (bachadon boʻyini mikroskop ostida tekshirish) tekshiruvidan oʻting.

Agar shu paytgacha aniqlanmagan boʻlsa, oʻzingiz va turmush oʻrtogʻingizning qon guruhini aniqlash uchun tekshirtiring. Bu rezus−faktorda ziddiyat boʻlish boʻlmasligini bilish uchun kerak. Agar rezus−faktor manfiy boʻlsa, qoʻshimcha antirezus−antitanacha bor−yoʻqligini bilish uchun tahlil topshirish kerak boʻladi.

Quyidagi tahlilarni ham har ehtimolga qarshi topshirish mumkin:

  • Gepatit B, C, OIV, sifilis, qon, siydik umumiy tahlillari, koagulogramma tekshiruvlari;
  • Juftlikdan birida irsiy kasallik yoki ayol kshi 35 yoshdan katta boʻlsa genetik koʻrigidan oʻtish tavsiya etiladi.
ЎҚИНГ:   Egizaklar tug‘ilishini qanday aniqlash mumkin?

Albatta bu roʻyxatni koʻp davom ettirish mumkin. Lekin hamma narsada ham meʼyorni bilish zarur. Agar sizda yoki turmush oʻrtogʻingizda biror kasallik aniqlangan boʻlsa, unda homilador boʻlish uchun shifokor−mutaxassisga (reproduktolog) murojaat qilib u tayinlagan individual davolash reja asosida ish olib borishingiz kerak boʻladi.

Ekspert: Nilufar Kabilova, ginekolog.
Manba: “Sizning ginekolog” kanali.

13 комментариев к “Homilador boʻlish uchun nima qilish kerak?”

  1. Уведомление: magic mushrooms chocolate bar​

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: sportsbet

  4. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์

  5. Уведомление: สินเชื่อเงินด่วน ไม่เช็คบูโร

  6. Уведомление: buy heroin North Carolina

  7. Уведомление: PDP

  8. Уведомление: https://youtubemp3.bz

  9. Уведомление: 토토달팽이

  10. Уведомление: 토토포켓몬

  11. Уведомление: Purchase Magic mushroom microdose on the market Australia

  12. Уведомление: vig rx

  13. Уведомление: casino online

Комментарии закрыты.