Homiladorlikda koʻkrak parvarishi

DO`STLARGA ULASHING:

Homiladorlikda koʻkrak parvarishi

Feruza birinchi bor koʻkrakdagi zichlikni 4-oylik Barno qizini emizishni sezdi. Dastlab u buni sut yoʻllarini qalinligidan kelib chiqqan kista deb oʻyladi. Biroq, u oʻz xavotirlarini Onalar guruhida eslatib oʻtganida, keyingi haftada hamma unga bir ovozdan: «Shifokor koʻrigidan oʻt» deb maslahat berishdi. Shifokor buni shunchaki sut yoʻllarini toʻsilishi deb taxmin qilishiga qaramasdan, u baribir uni UTTGa yoʻlladi. Natijada shu yili Feruzada koʻkrak bezi saratoni aniqlandi. Feruzaning baxtiga u erta aniqlandi va hozirgi paytda u davolanish kursini oʻtmoqda.

Homiladorlik va emizish paytida oʻz koʻkragingizga eʼtibor bermaslik oson. Tanangizning aniq oʻzgarishlari va uyqu yetishmasligi tekshiruv oʻtkazish imkonini qiyinlashtiradi. Shu paytda koʻkragingizda koʻpgina turli zichliklar paydo boʻlishi mumkin, jumladan, toʻsilgan yoʻllar va lipomalar (yogʻ toʻqimasining xatarsiz oʻsimtalari).

Emizayotgan ayollar uchun koʻkrakdagi zichliklar xavfli boʻlishini tushunish qiyin boʻlishi mumkin, shuning uchun tekshiruvdan oʻtish yaxshiroq. Yagona toʻgʻri usuli- bu zichlikni tekshirish. Odatda davolovchi shifokor uch karra testdan foydalanadi, u oʻz ichiga koʻkrak v anamnezni tekshirishni kiritadi. Keyin esa ultratovushli tekshiruv va talab qilinsa biopsiya oʻtkaziladi.

Agar koʻkrak bezi saratoni tashhisi qoʻyilsa, unda yordamga murojaat qilish muhim hisoblanadi.

Ushbu axborotni bolalaringizga aytish qiyin boʻlishi mumkin, ayniqsa ular hali juda yosh boʻlsa. Maxsus moslamalar mavjud

ular shu kabi vaziyatlar uchun ishlab chiqilgan va oʻqishda foydali. Ular ushbu axborotga tushunish mumkin boʻlgan darajada kirish imkonini beradi.

 

Agar sizning koʻkrak bezi saratoni tashhisi qoʻyilgan dugonangiz boʻlsa, unda zarur boʻlsa siz juda foydali amaliy koʻmakni berishingiz mumkin. Xaridlar qilishda, maktab muammolarini hal qilishda yoki dugonangiz ruhini koʻtarishda yordam berish taklifi uning davolanishi va tiklanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Siz shuningdek, u foydalanishi mumkin boʻlgan xizmatlarga murojaat qilib, dugonangizning himoyasini taʼminlashingiz mumkin.

Eng muhimi- agar sizni xavotirga soladigan qandaydir zichliklarni sezsangiz, shifokor bilan maslahatlashish. Koʻkrak bezini oʻzingiz tekshirayotganingizda faollikni namoyon qilish va zarur boʻlsa ikkinchi fikrga murojaat qilish muhim.

huggies.uz

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek