Homiladorlikda qon bosimi o‘zgarishi

DO`STLARGA ULASHING:

Homiladorlik paytida qon bosimini muntazam — to‘qqiz oy davomida o‘lchab borish maqsadga muvofiq.
Tonometr oynachasidagi raqamlar ko‘p tomonlama ona va uning homilasi haqidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi.
Homiladorlikning birinchi oyida tananing gormonal funksiyasidagi o‘zgarishlar tufayli arteriya qon bosimi pasayib (AQB, ya’ni AD), gipotoniyani yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shuning ta’sirida “yukli ayol” o‘zida quvvatsizlik, uyqusirash, bosh aylanishi, quloqlari ostida shovqin, yurganida nafas yetishmasligi kabi holatlarni boshidan kechiradi.
Shifokorlar tug‘ish yoshidagi ayollarning to‘satdan, besabab xushini yo‘qotishi sabablarini axtarayotib, aynan uning homilador bo‘lganini aniqlaydilar. Shu tufayli bo‘lsa kerak, bu homiladorlikning tabiiy holati sifatida qabul qilinib, ortiqcha vahima va tashvishga izn berilmaydi.
Biroq ayolning tanasida yangi organizm paydo bo‘lish hech bir o‘zgarishlarsiz, ya’ni ham ruhiy, ham jismoniy o‘zgarishlarsiz sodir bo‘lishi mumkin emas.
Achchiq va sho‘r yeguliklarga o‘chlik, o‘tkir hidga ta’sirchanlik oqibatida qayt qilish — erta toksikozning alomatlaridan o‘zga narsa emas.
Eng yomoni — ayol bu jarayonlarni boshidan o‘tkazayotgan bir vaqtda qon bosimi yanada pasayib ketishi mumkin. Bu ona uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarsa, homila uchun esa o‘ta xavfli!
Homiladorlik vaqtida qon bosimining tushib ketishi homilaning qon aylanish tizimida ayrim nuqsonlarni (plansentar yetishmovchilik) keltirib chiqaradi, natijada homila uchun zarur bo‘lgan oziq modda va kislorod tanqisligi boshlanadi.
Tabiiyki, bundan homila “och qoladi” va “bug‘iladi”…
Aynan mana shuning uchun homiladorlikning ilk oyidanoq qon bosimini o‘lchab turish katta ahamiyatga ega.
Qon bosimi 100/60 dan kam, 140/90 da yuqori bo‘lmasligi lozim (ba’zi bir kishilardagi individual xususiyatlar inobatga olinsin). Mabodo bu holat ro‘y bersa, darhol davolovchi shifokoringizga murojaat qiling!
Homiladorlikda qon bosimi o‘zgarishi
Homiladorlikda qon bosimi o‘zgarishi
Homiladorlikda qon bosimining oshishi
Homiladorlikning ikkinchi yarimida qon bosimining birmuncha ortishiga nisbatan biroz moyillik paydo bo‘ladi. Bu o‘zgarishlarning sababi — fiziologik holat bilan bog‘liq.
Oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, bo‘lajak onaning tanasida yana bir qon aylanish tizimi paydo bo‘ldi. Buning natijasida homiladorlikning 19–20 ­haftasida umumiy qon sig‘imi yarim litrga, 32–36 ­haftada naq bir litrga ortadi.
ЎҚИНГ:   Homiladorlikda qanday yotish kerak?
Natijada yurakning ish faoliyatida biroz zo‘riqish paydo bo‘ladi, u arteriyaga quvayotgan qon hajmi 40–50 foizga ortib, yurak bo‘lmachalari va qorinchalarining qisqarishlari soni birmunchaga ko‘payadi. Tinch holatda tomir urishi 80–90 martagacha oshadi, me’yor esa 70–75 martaligi hammamizga ayon. Homilador ayol hayajonlanganda, faol harakatda bo‘lganida bu ko‘rsatgich osonlikcha 100 martagacha ko‘tarilishi mumkin.
Biroq bundan sira tashvish tortmang, xuddi tonometrning raqamlari orasida 5–15 mm bosimning oraliq o‘zgarishi xavfli bo‘lmaganidek, tomir urishining 100 martaga chiqishi ham normal fiziologik holat hisoblanadi. Agar oradagi farq (me’yor oralig‘idan) katta bo‘lsa, tashvishlanishga vaj bor, qisqasi, bu — shoshilinch chora ko‘rish lozim, degani…
Masalan, homiladorlikning ikkinchi yarimida tana qon tarkibidagi suyuqlik to‘qimalar orasida “to‘planadi” va bu, o‘z navbatida, badanda, oyoqlarda “shishlar” paydo bo‘lishiga olib keladi. Qon tomirlarida bosim qancha yuqori bo‘lsa, suyuqlik shunchalik “tashqariga” chiqishga harakat qiladi. U shu yo‘l bilan bosimni me’yorlashtirishga harakat qiladi, biroq baribir to‘qimalar orasida to‘qimalararo suyuqlik to‘planib, shishlar hadeganda yo‘qolavermaydi. Buni me’yorlashtirish — xuddi g‘alvirda suv tashishga barobar! Bu oxir oqibat homilador ayolning sog‘ligi uchun katta xavf tug‘diradi va zudlik bilan tegishli muolaja ishlari amalga oshirilishi lozim bo‘ladi.
Qon bosimi nazoratining ahamiyatli tomonlari…
Xavfli guruhga kiritilgan homilador ayollarning qon bosimi tez-­tez nazorat qilib turilmog‘i zarur.
Ushbu guruhga: oldingi homiladorlikda homilaning tushishi (bola tashlash) sodir bo‘lgan yoki asoratli tug‘ruqni boshidan kechirgan ayollar, shuningdek, ortiqcha vazndan aziyat chekayotganlar, gormonal xastaliklarga duchor bo‘lganlar, buyrak va boshqa ichki a’zolar faoliyatidan shikoyat qilgan bemorlar kiritiladi.
Yuqorida keltirilgan holatlarga o‘xshashlari sodir bo‘lsa, o‘sha homilador ayol shifokorning doimiy nazorati ostida (ayniqsa qon bosimi tez­-tez o‘lchanib turiladi) bo‘lishi lozim.
Homiladorlikning dastlabki, o‘rta va oxirgi bosqichlarida homilador ayol tanasidagi qon bosimi qanday ko‘rsatgichlarni qayd etganiga qarab shifokor bemorga muolajada tayinlaydi. Negaki, tug‘ruq vaqtida onaning qon bosimi normal bo‘lishi ko‘p tomonlama ahamiyatli.
ЎҚИНГ:   Homiladorlar uchun fitnes
Homiladorlikda qon bosimining pasayishi nimaning alomati?
Bu vaziyat ko‘pincha kechasi yuzaga kelishi mumkin. Homilador ayol hech bir narsada bezovta bo‘lmasdan osuda uxlaydi, qon bosimi esa fiziologik jarayonlar tufayli tushib ketadi va natijada homilaga nafas yetishmaydi.
Albatta, tinch uxlayotgan ayolni bezovta qilib, bemavrid vaqtda hech kim uning qon bosimini o‘lchamaydi. Shuning uchun, jadval asosidagi tibbiy ko‘rik paytida shifokorlar tomonidan qon bosimining o‘zgarib turishini oldini oladigan tavsiyalar, dori­-darmonlar berilishi mumkin.
Qon bosimi me’yordan oshib ketdi..?
Qon bosimining o‘zgarib, yana o‘z holiga kelishi necha soat davom etishini hisoblab qayd etish zarur. Agar bu holat jismoniy faollik, hayajon, qayg‘u yoki quvonchli xabar ta’sirida bo‘lsa, gipotenziv terapiyaga hojat yo‘q. Organizm avvalgi normal holatini tezda tiklab oladi. Qon bosimining sezilarli darajada ortishi (unchalik katta bo‘lmagan farq nazarda tutilyapdi) quyidagi hollardan so‘ng tonometr raqamlarida ifodalanishi mumkin:
  • kofe yoki achchiq choy ichganingizdan so‘ng, plitkali shokolad yesangiz yo tamaki chekilgan joyda turib qolgan bo‘lsangiz;
  • tarkibida qon bosimini oshiruvchi giyohlar bo‘lgan (limonnik, jen­shen) malhamlar iste’mol qilgan yoki badaningizga shunday malhamlarni surtgan bo‘lsangiz;
  • asabiylashgan, birorta bezovta o‘yni o‘ylab siqilgan yoki kimningdir “qilig‘i” asabingizga tegib turgan bo‘lsa (masalan: shifokor qabulidagi navbatda soatlab turib qolgan bo‘lsangiz);
  • tez­ chaqqon harakat bilan yurgan, zinapoyadan tezroq chiqgan bo‘lsangiz yoxud og‘ir sumkachangiz yoki qo‘lingizdagi emizikli bolangizni ko‘tarib chiqqan bo‘lsangiz;
  • shifokorlar ko‘rigiga kelishingiz bilan vujudingizda hayajon turgan bo‘lsa, buni ruhshunoslar “oq xalat sindromi” deb ataydilar.
Qon bosimining sezilarli darajada pasayishi (unchalik katta bo‘lmagan farq nazarda tutilyapti) quyidagi hollardan so‘ng tonometr raqamlarida ifodalanishi mumkin:
  • ichki kiyimlaringizni siqib bog‘lagan (torini kiygan) bo‘lsangiz-u bu qon aylanishiga xalaqit beradigan darajaga yetgan bo‘lsa;
  • qon bosimini o‘lchash asbobining manjeti yelka arteriyasini to‘liq to‘sib qo‘yish darajasida bog‘lanmaganligi tufayli;
  • manjetdan havoni juda tez chiqarishlari oqibatida;
  • ma’lum standartdagi manjetni nozik, ingichka qo‘lga bog‘lashsa;
  • qon bosimini o‘lchayotganda odatdagidek o‘tirmay, yotgan holatda bo‘lsangiz.
ЎҚИНГ:   Homiladorlikning 14-haftasi
Yuqori qon bosimida…
Yuqori qon bosimi paydo bo‘lganda quyidagi oddiy mashqlarni bajarishingiz mumkin. Mashqlar bajarilayotganda, aniqrog‘i tavsiyalar amalga oshirilayotganda ushbu amaliyot sizga ma’qul yoki ma’qul emasligiga qarab (ruhiy va jismoniy holatingizdan kelib chiqib) bajarish tavsiya etiladi.
  • Bosh barmog‘ingizning yumshoq qismi bilan umurtqa pog‘onasi bosh suyagi bilan birlashadigan chuqurchaga bosib, ichingizda o‘ngacha sanang­da, so‘ng qo‘yib yuboring. Bu muolajani ikki marotaba takrorlashingiz mumkin;
  • Bo‘yningizning orti qismini xayolan 3 ta gorizontal bo‘lakka bo‘ling. So‘ng har uchala qismning yon tomonida bir juftdan shartli nuqtani toping. Har ikkala qo‘lingizning bosh barmog‘ining uchi bilan haligi shartli nuqtalar ustiga bosib turib, uch marta 10 gacha sanab tartib oshiring;
  • Qorin bo‘shlig‘ining ko‘krak qafasi bilan tutashgan chizig‘ida shartli nuqtani aniqlang (to‘sh suyagining usti) va unga ko‘rsatgich barmog‘ingiz bilan bosib ­qo‘yib yuborib, 10 marta ta’sir ko‘rsating. Muolajani 10 marotaba takrorlang;
  • O‘ng qo‘lingiz bilan chap qo‘lingizning ko‘rsatgich barmog‘ini siqib, so‘ng tortib qo‘ying. Navbatni chap qo‘lingizga oshiring;
  • Hayajonlandingizmi? Unda iyak ostidagi antidipressiya nuqtasini yodga oling va uni soat miliga teskari ravishda 9–10 marta uqalab massaj qiling.
Past qon bosimida…
  • Barmoqlaringizni “panjshoxa” holatiga keltirib, tepa nuqtasini burun va yuqori lab oralig‘idagi chuqurchaga, pastki nuqtasini pastki lab va iyak suyagi oralig‘iga “qadab”, barmoq uchlari o‘rnini almashtirgan holda uqalang.
Muhim: homiladorlik vaqtida qon bosimingizdagi o‘zgarishlarni sezsangiz, har qanday muolajani davolovchi shifokoringiz va malakali mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartib asosida bajaring.

11 комментариев к “Homiladorlikda qon bosimi o‘zgarishi”

  1. Уведомление: sbo

  2. Уведомление: DevOps Solution and Services company

  3. Уведомление: tu peux vérifier

  4. Уведомление: have a peek at these guys

  5. Уведомление: chocolate bar with gummy bears

  6. Уведомление: Investing in the stock market

  7. Уведомление: Dark web market links

  8. Уведомление: why not look here

  9. Уведомление: 뉴토끼

  10. Уведомление: Crystal Meth

  11. Уведомление: 토렌트 다운

Комментарии закрыты.