Depressiya va uning yashirin belgilari

DO`STLARGA ULASHING:

Hozirgi intensiv hayot tarzimiz, orzu-havaslar ortidan quvish, hayotda o‘zimiz o‘rnatgan yuqori planlar natijasida ruhiy zo‘riqishlar va oqibatda depressiya ko‘payib bormoqda. Shu sababli depressiya mavzusiga biroz to‘xtalishni lozim topdik. Ilmiy tadqiqotlar u yoki bu darajadagi depressiv holatlarga katta shaharlarning yarmidan ko‘proq aholisi moyilligini aniqladi. Informatsion shovqin, hayotimizning “quturgan” tempi, faoliyatning har bir jabhasida “hammasini birdaniga” birdaniga qo‘lga kiritishga harakat qilish bizni charchatadi, lanj qiladi, apatiya yoki ortiqcha sezuvchanlik va qo‘zg‘aluvchanlikka olib keladi.

Depressiya haqidagi oddiy faktlar

Siz depressiyaga o‘ylaganingizdanda yaqinroq bo‘lishingiz mumkin. Odamlar depressiya biror bir aniq belgilar bilan ko‘rinadi deb o‘ylashadi. Masalan yaqin odamingiz jaxldor yoki yig‘loqi bo‘lib qolishi.
Biz esa ko‘pchilik ko‘zga yashirin kechadigan, yaqqol ko‘rinavermaydigan va tanilmaydigan belgilar haqida to‘xtalishga qaror qildik.

Ixota, tanho bo‘lib olish ya’ni izolatsiya

Ruhiy siqilgan odamlar yakkalikka moyil bo‘lishadi. Chunki ular yakkalikda o‘zlari va muammo, hissiyotlari haqida o‘ylash va qaror qilmoqchi bo‘ladilar. Buni jamoatchilik ichida qilish ancha qiyin. Agar sizni tanishingiz avval juda tirishqoq bo‘lib, birdaniga beqaror va odamovi, yovvoyi tabiat bo‘lib qolsa bilingki bu depressiya belgisi bo‘lishi mumkin. Boshqa belgilar – oldingi odat bo‘lgan faol dam olish o‘rniga uxlash yoki faqat televizor ko‘rishni doimiy xohlash.

Charchoq

Depressiya — yetarlicha xoldan toydiradigan holat. Shu sababli doimo o‘zini va o‘z
harakatlarini tahlil qilib o‘z ustida nimalar bo‘layotganligini tushunishga harakat
qiladigan kimsalar doimo o‘zlarini horg‘in charchagan toliqqan his qiladilar. Depressiya hamma kuchni olib qo‘yadi va hayotiy zarur holatlar va rejalashtirilgan planlar uchun kuch va ishtiyoq qolmaydi. Shuning uchun aytamanki depressiyani o‘tkazish katta xarsang toshni tog‘ cho‘qqisiga sudrab olib chiqishdan yengil emas.
Charchoq uyqu buzilishiga (yoki uning tarkibiy qisim buzilishiga) xam olib kelishi
mumkin. Uyqusi buzilgan insonlar chuqur depressiya paydo bo‘lishiga 10 marta ko‘proq moyil bo‘ladilar.

Depressiya va uning yashirin belgilari
Depressiya va uning yashirin belgilari
ЎҚИНГ:   Jinsiy aloqa sirlari

Ishtiyoqning pastligi, yetishmasligi

Doimo vaqtida ishini bajaradigan hamkasabangiz ishini vaqtida bajarmay, doimo kech qoladigan odat chiqardimi? Balki bu odatni o‘zgarishi emasdir. Depressiya boshidan kechirayotgan ko‘p insonlar ishtiyoq yo‘qotadilar. Bu nafaqat ishni o‘z vaqtida bajarish yoki ishga vaqtida kelish, balki hayotni hamma jabhalariga taalluqli bo‘ladi.

Qutblangan temparament

Odatda xotirjam, ijobiy kayfiyatda jilmayib yuradigan tanishingiz birdaniga
teskariga o‘zgarib qolsa (asabiylashish, hamma bilan tortishish) bu ham depressiya
belgisi bo‘lishi mumkin.
Nimaga shunday bo‘ladi? Depressiya bu stress. U emotsional ruhiy fonni zo‘riqtirib, emotsiyalarni kuchaytirib ba’zan esa kuchsizlashtirib keladi. Emotsional fonni kuchsizlashtirib kelsa depressiya ko‘proq energiyani oladi, natijada odamlarga, odam atrof muhitda bo‘layotgan voqea hodisalarga o‘z reaksiyasini yo‘qotadi, ularni shunday bo‘lishi kerakdek qabul qiladi..

Tashqi ko‘rinishning o‘zgarishi

Agar yaqin odamingiz birdaniga aniq bir sabablarsiz vazn yo‘qotsa yoki semirib ketsa biroz o‘ylantiradi. Bu holatda ovqatlanish me’yori buzilishi bilan kechayotgan depressiya holati bo‘lishi mumkin. Tana vazni o‘ynashi, ko‘tarilib tushishi depressiya o‘tkazayotgan hamma insonlarning barchasiga xos bo‘lgan umumiy belgisidir.
Bunga o‘z tashqi ko‘rinishiga e’tiborni ham kiritish mumkin, ayniqsa avval o‘ziga e’tibor qilib yurib hammani e’tiboriga tushgan bo‘lsa.

Seksual disfunksiya

Jinsiy hayotga qiziqish yo‘qligi xam depressiyaning bir belgisi. Buni aniqlash qiyin.Chunki odamlar boshqa sabablarga ko‘ra xam jinsiy aloqa qilmasliklari mumkin. Lekin seksual disfunksiyaga kelsak buning muammolari ildizini kayfiyatdan qidirish kerakligi oydin ravshan. Gap shundaki, bizning miyamiz jinsiy a’zolar bilan bog‘langan. Shaxvat va er-xotinga shaxvoniy xirs miyada tug‘iladi, faqat keyingina miyadan signal jinsiy a’zolarga uzatiladi va jinsiy a’zolarga qon oqishi kuchayadi. Bunga qo‘shimcha, depressiya er xotinni bir-biridan uzoqlashtirib yuborishi ham mumkin. Natijada jinsiy hayot buzilishi yanada chuqurroq muammoga aylanadi.

13 комментариев к “Depressiya va uning yashirin belgilari”

  1. Уведомление: fuel saver kit for car/47% Fuel-Saving Plug-N-Play HHO Kit HHO generator Hydrogen kits for cars trucks

  2. Уведомление: where to get psilocybin mushrooms​

  3. Уведомление: Usa Inmate

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: second brain template

  7. Уведомление: What Are Essential Oils and Do They Work?

  8. Уведомление: magic mushroom chocolate bar for sale

  9. Уведомление: discount on LSD stamps

  10. Уведомление: สร้างไลน์ official

  11. Уведомление: Anabole Steroide Kaufen Online

  12. Уведомление: Medicijnen bestellen zonder recept bij Benu apotheek vervanger gevestigd in Nijmegen

  13. Уведомление: oregon mushroom law

Комментарии закрыты.