Ikki yoshgacha bola parvarishi uchun nafaqa hammaga beriladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Savol: Ikki yoshgacha bola parvarishi uchun olinadigan pulning qancha bo’lishiga ota maoshining ta’siri bormi? Ikki yoshgacha bola puli hammaga beriladimi yoki faqat kam ta’minlanganlargami? Uni olish tartibi qanday va kam ta’minlanganlarga berilsa, oila daromadi qancha bo’lishi kerak?

 

Javob: O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 4-moddasida oilaning, onalik, otalik va bolalikning muhofaza qilinishi belgilangan. Unda O`zbekiston Respublikasida oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasida ekanligi hamda bu moddiy va ma’naviy jihatdan qo`llab-quvvatlash yo`li bilan ham ta’minlanishi ko`rsatib o`tilgan.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika “Mahalla” jamg`armasi, Xalq bankining 2002-yil 8-fevraldagi 11/501, 32, 16 va 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to`lguncha parvarish qilish bo`yicha har oylik nafaqa tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida” Nizom mavjud bo`lib, unda 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasini tayinlanish shartlari batafsil ko`rsatilgan.   Ushbu nizomning 6-qismida bola parvarishi uchun nafaqa ona yoki uning o`rnini bosuvchi boshqa shaxs (otasi, vasiysi yoki boshqa qarindoshi) tomonidan fuqarolarni o`zini-o`zi boshqarish organlariga qilgan murojaatlari orqali bola tug`ilganidan 1 oy o’tib to`lanishi ko`rsatilgan. Nafaqa 12 oylik muddatga, lekin bola 2 yoshga to`lishi hisobga olinib tayinlanadi.
Ushbu nafaqani keyinchalik ham olishga muhtojlik bo`lsa, 12 oylik tayinlangan muddat tugashidan 1 oy oldin tegishli tartibda o`zini-o`zi boshqarish organlariga nafaqa olib turgan shaxs qayta murojaat qilsa, bola 2 yoshga to`lguncha uzluksiz nafaqa olib turish masalasi ko`rib chiqiladi.
Shuningdek, ushbu nizomnig 10 va 11-qismlarida nafaqa tayinlash shartlari ko`rsatilgan.
Nizomning 10-qismida nafaqa oilaning daromadidan kelib chiqib belgilanishi aytiladi. Oilaning daromadi hisobga olinmaydigan holatlar ham mavjud bo`lib, ular 10-qismning “a” va “b” bandlarida ko`rsatilgan:
a)      oila to`liq holatda bo`lmagan sharoitda bolani tarbiyalayotgan ota yoki onaga. Bunday holatda fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari aniq holatni hisobga olib, oilasi to`liq bo`lmagan holatda bolani tarbiyalayotgan ona(ota)ga tayinlanadi.
b)      nogiron bolani tarbiyalayotgan ona(yoki o`rnini bosuvchi shaxs)ga. Bunda qaysi bolasi nogiron ekanligi muhim emas.
Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to`lguncha parvarish qilish bo`yicha har oylik nafaqa tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomda ko`rsatilgan shartlarga oilaviy ahvolingiz to`g`ri kelsa, ushbu masalani mahalla fuqarolar yig`ini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko`rib chiqishi kerak. Zero, ushbu masala “Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 10-moddasida belgilanganidek, mahalla fuqarolar yig`inining vakolatiga kiradi. Oilaviy ahvolingizni fuqarolarni o`zini-o`zi boshqarish organlaridagi maxsus komissiya o`rganib chiqadi.  Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to`lguncha parvarish qilish bo`yicha har oylik nafaqa tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 11-bandiga ko`ra, ishlamayotgan onalarga bolani 2 yoshga to`lgunicha parvarishlash uchun nafaqa tayinlash sharti oilaning birgalikdagi umumiy daromadi bo`lib, u oilaning har bir a’zosiga taqsimlanganda, o`rtacha oylik eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdoridan oshmasa, nafaqa tayinlanishi ko`rsatilgan.
O`rtacha oylik ish haqi miqdori belgilangan eng kam ish haqidan kelib chiqib, qonunchilikda ko`rsatilgan tartibda nafaqa uchun murojaat qilingan oydan oldingi 3 oy uchun eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi.
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan xulosa qiladigan bo`lsak, turmush o`rtog`ingizning oylik maoshi oilangizning umumiy daromadiga ta’sir qiladi. Zero, ishlamayotgan onalarga bolani 2 yoshga to`lgunicha parvarishlash uchun nafaqa tayinlashda oilaning birgalikdagi umumiy daromadidan kelib chiqib, faqat ushbu nafaqaga muhtojlik tug`ilgan oilalargagina beriladi.

16 комментариев к “Ikki yoshgacha bola parvarishi uchun nafaqa hammaga beriladimi?”

  1. Уведомление: rent scooters in st pete beach

  2. Уведомление: Xjudith20 Chaturbate

  3. Уведомление: DevOps Solutions Company

  4. Уведомление: hydrogen generator kit/47% Fuel-Saving Plug-N-Play HHO Kit HHO generator Hydrogen kits for cars trucks

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: sig sauer rifles

  7. Уведомление: sbo

  8. Уведомление: visit the website

  9. Уведомление: เงินด่วน ได้จริง

  10. Уведомление: Alquiler de trasteros

  11. Уведомление: sbobet

  12. Уведомление: pour les détails

  13. Уведомление: Hemp Oil THC Free

  14. Уведомление: one up mushroom bar

  15. Уведомление: i thought about this

  16. Уведомление: look these up

Комментарии закрыты.