IMPLANTANT O`ZI NIMA?

DO`STLARGA ULASHING:

Bu so`z degan ma`noni bildiradi. Implantant anorganik moddalardan tuzilganligi uchun tanamiz uni qabul qiladi. Bu holat ko`pchilk  uchun biroz erish tuyulsa kerak. Ammo qanchadan-qancha odamlar ko`z linzalaridan foydalanishadi. Linza ham ko`z uchun implantant hisoblanadi. Yurak-qontomir kasalliklarida peysmeker (yurak urishini nazorat qiluvchi moslama) ni bemorning ko`krak qafasi ichiga o`rnatiladi. Yurak klapani, yirik qon tomirlar, tirsak, qo`l-oyoq bo`g`imlari uchun mahsus implantantlar chiqarilgan. Endi implantantning qanday o`rnatilishi bilan qiziqsak. Eng avvalo, shifokor – implantolog qabuliga yozilishingiz lozim. Shifokor bemorni obdon tekshirganidan so`ng  rentgenga tushishni maslaxat beradi. Rentgen natijalari tishlarning umumiy ahvoliga to`g`ri baho berish, davolanishning qaysi usulini tanlashda katta yordam beradi. Implantatlarni joylashtirish bemorning qancha tish yo`qotganligi, tishlarning joylashishi, jag` suyagining mustaxkamligiga bog`liq. Implantantlarning qulayligi shundaki, ularning har biri 4-5 tagacha tishlarni ushlab turishi mumkin. Misol uchun, bemorning pastki jag`ida umuman tish qolmasa-da, jag` suyagiga o`rnatilgan uch dona implantant ( aql tishlarini hisobga olmagan holda) o`n to`rtta sun`iy tishni ushlab turishga qodir.
 Eng avvalo milkka og`riqsizlantiruvchi ukol qilinadi.  So`ng milk to`qimasini kesib olib mahsus uskuna yordamida chuqurcha ochiladi. Bo`sh chuqurchalar shipristda to`ldirilgan steril suvda tozalanadi. Keyin mahsus asbob yordamida implantat o`rnatiladi. Uni o`rnatishdan avval albatta sterilizatsiya qilinadi. Implantat ko`rinishidan mittigina taroq yoki chig`anoqqa o`xshaydi. U bevosita tish suyagiga o`rnatiladi, faqatgina itift deb nomlangan qismi milk ustiga tegib turadi. Implantat o`rnatilgandan keyin milkning kesilgan joylari bilinmas qilib tikib qo`yiladi. Shtift ustiga sun`iy tish o`rnatiladi. Amm bungacha bir oz vaqt o`tishi lozim. 1-2 hafta davomida mahsus parxezga rioya etishingiz, milklarga ozor beruvchi qattiq oziq ovqatlar iste`mol qilishdan saqlanishingiz kerak.
    Taxminan 5-6 kundan keyin shifokor milklarning bitgan-bitmaganligini tekshirib, choklarini oladi. Milk to`qimasining butunlay bitishi uchun 2-3 hafta vaqt kerak bo`ladi.
   Endi davolanishning eng qiziqarli pallasi boshlanadi. Shifokoringiz yordamida sun`iy tish tanlashingizga to`g`ri keladi. Ular akril yoki farfor (chinni) dan yasalgan bo`lishi mumkin. Sun`iy tishlar o`rnatilgandan keyin hohlagan ovqatingizni yeyishingiz mumkin. Ammo baribir tish emalini yemiruvchi oziq-ovqatlardan saqlanganingiz ma`qul. Yiliga 2 marta tishlaringizni ko`rsatishni unutmang. Tishlarni karashdan tozalash muolajasini ham har olti oyda o`tkazish lozim.
dentamed.uz

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek