Internet tezligini oshirishning 11 ta usuli

DO`STLARGA ULASHING:

Internet tezligini oshirishning 11 ta usuli
#ancha_foydali
Internet xizmati bizga, provayderlar(Sarkor, Turon, Comnet,…) tomonidan taqdim qilinadi, provayderlar esa o’z navbatida traffikni, o’sha mashxur, «raqobatbardosh» kompaniya Uztelecom’dan olishadi(oldin shunaqa edi, menimcha hozir ham shunday).
Provayder sizga, o’z tanlovingizdek tezlik taqdim etsa, lekin sizda internet sekin ishlasa, demak muammo sizda, bu postda sizdagi muammolarni hal qilishga harakat qilamiz. Provayder, sizga yetarlicha tezlik berganini, fast.com sayitga kirib tekshirib ko’rishingiz mumkin.
Internet tezligini oshirish yo’llari:
1. Brauzeringizni tartibga keltiring. Kerak bo’lmagan vkladkalarni yoping, sahifalarni avtomat ishga tushirish imkoniyatlarni o’chirib qo’ying.
2. Video aniqligiga ahamiyat bering. Oddiy foydalanuvchi uchun, biror video katta aniqlikka ega bo’lishi shart emas, shunday ekan biroz kamroq aniqlikda ko’rsangiz ham bo’ladi, bu aniqlik orqali ovoz o’zgarmaydi, faqat tasvir biroz yoyiladi xolos.
3. Reklamalarni bloklang. Saytlar o’z foydasini asosan reklamalardan topadi, shunday ekan saytlarda ko’p reklama bo’lishi odatiy hol. Brauzeringizga, reklamalarni bloklaydigan Adblock (https://chrome.google.com/webstore/detail/adblock-%E2%80%94-best-ad-blocker/gighmmpiobklfepjocnamgkkbiglidom?hl=ru) singari kengaytmalarni o’rnatib oling.
4. Turbo rejimidan foydalaning. Har bir brauzerda bunday rejim mavjud, bu rejim saytlarni ma’lum algoritmlar asosida tez ishga tushirib beradi, misol uchun rasmlarni siqish orqali. bu rejimni brauzer sozlashlaridan yoki biror kengaytma qo’yish orqali yoqish mumkin.
5. Brazuerni yaxshilab sozlang. Brauzerga ko’p kengaytmalar o’rnatishdan tiyiling, har xil eslatmalarni o’chirib qo’ying, brauzerni oxirgi yangilanishigacha yangilang.
6. Torrent fayllarga ahamiyat bering. Torrent orqali ko’chirib olgan fayllarni, tarqatishni cheklab qo’ying, yoki ishingizni bajarguncha to’xtatib turing.
7. Kompyuterdagi dasturlarni avtoyangilanish imkoniyatini o’chiring. Ko’p dasturlarni sozlashlarida bu imkoniyat yoqilgan bo’ladi, o’chiring kerak emas, kerak bo’lsa, o’zingiz yangilab olasiz.
8. Kompyuteringizni tartiblang. Viruslardan tekshiring, tizimni optimallashtiring, tezkor xotirani ko’paytiring, sovutish tizimiga ahamiyat bering.
9. Yangilang. Wi-Fi, tarmoq kartasi drayverlarini yangilang, router dasturini yangilang(прошивка), tizimni yangilang.
10. Internet tarmoqni nazorat qiling. Sizdan boshqa yana kimlar internetingizdan foydalanmoqda, nimalar qilishmoqda, qo’shnilar ulanmaganmi va hokazo.
11. Texnik qismlariga ahamiyat bering. Internet uzatuvchi kabellarni tekshiring, Wi-Fi router turgan joyga ahamiyat bering, provayder ulab ketgan kabel sifatini tekshiring.
☝️Yuqoridagilarni qilsangiz ham, tezlik o’zgarmasa, provayderga qo’ng’iroq qilib, mutaxassis chaqirtiring. Agar u ham sizga yordam bermasa, oxirgi chora provayderni almashtiring(yaxshi mutaxassisi bor provayderni toping).

Оставьте комментарий