Kariyes – tish kushandasi

DO`STLARGA ULASHING:

Ma’lumki, stomatologlar bolalikdan organizmda kalsiy moddasi yetishmovchiligi va og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga amal qilmaslik hamda tishlarda qattiq narsalarni chaqish (danak, yong‘oq, sho‘rdanak, bodom, xandon pista kabi) ularning emalini yemirilishini aytishadi. Shuningdek, bolalarning ko‘proq qandolat mahsulotlari va turli shirinliklarni iste’mol qilishi hamda turfa rangli gazli, sun’iy bo‘yoqli ichimliklarni ichishlari va sitrus mevalar (limon, mandarin, apelsin, kivi kabi) tanovul etgandan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ini chaymasliklari sababli tish emali zararlanadi. Yana tishlarning qimirlab qolishiga milk kasalliklari ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun ko‘proq qattiq non, archilgan sabzi va ko‘k olma yeyish kerak. Qizil olma shirin bo‘lganligi uchun unda uglevodlar miqdori ko‘proq. Agar milklar og‘risa, anor po‘chog‘ini qaynatib og‘iz bo‘shlig‘ini chayish darkor. Uning po‘chog‘ida burishtiruvchi xususiyatga ega modda bor. Dorixonada sotiladigan eman po‘stlog‘i ham shunday ta’sirga ega. Moychechak damlamasi esa milklardagi yallig‘lanishni bartaraf etadi. Nimtatir namakobli suv ham og‘iz bo‘shlig‘i kasalligida shifobaxsh ta’sirga ega. Eng muhimi, tishlarim sog‘lom va chiroyli bo‘lsin desangiz, o‘z vaqtida stomatologga murojaat eting. Kariyesli (chirigan) tishlaringizni davolatishni unutmang. Chunki bunday nosog‘lom tishlar infeksiya manbaidir.
soglom.uz/tavsiya/kariyes-tish-kushandasi/

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek