“Yangi yil” salati

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 500 gr. lahm kurka yoki tovuq go‘shti, 100 gr. qattiq pishloq, 5 dona tuxum, 100 gr. yong‘oq, 150 gr. olxo‘ri, mayonez, tuz.

Tayyorlanishi: lahm qaynatib pishiriladi (kurka go‘shtidan foydalanilsa 35 daqiqa, tovuq esa 20 daqiqa qaynatiladi) va sovutiladi. Tuxum qaynatib pishiriladi. Keyin lahm mayda qilib to‘g‘raladi, tuxumning esa oqi va sarig‘i ajratilib, alohida mayda qig‘ichdan o‘tkaziladi. So‘ng olxo‘ri mayda qilib to‘g‘raladi. Yong‘oq blenderda maydalanadi. Pishloq ham mayda qirg‘ichdan o‘tkaziladi.

To‘g‘ralgan lahm, ta’bga ko‘ra tuz, olxo‘ri, tuxumning sarig‘i, pishloq, yong‘oq, tuxumning oqini ketma-ketlikda orasiga mayonez surtib, likopchaga solinadi. Salatni har kim o‘z didiga qarab bezatishi mumkin.

Yoqimli ishtaha!

 

Dilfuza AZIMOVA

soglom.uz/tavsiya/yangi-yil-salati/

Оставьте комментарий